GIPEROSMIYA haqida malumot bilib oling.
GIPEROSMIYA (giper… va yun. Osme — hid, hid sezish) — hidga oʻta sezgirlik holati. Koʻproqhomiladorlikda kuzatiladi; biror kasallik belgisi boʻlishi ham mumkin. Giperosmiyaga burun boʻshligʻi shilliq pardasidagi har xil hidlarni aniqlovchi va «tutib oluvchi» nerv tolalari retseptor nuqtalarining ortiqcha qoʻzgʻalishi sabab boʻladi.
Ensiklopediya.uz
GIPEROSMIYA