GIPERGEN JARAYONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPERGEN JARAYONLAR haqida malumot bilib oling.

GIPERGEN JARAYONLAR — Yer poʻsti va uning yuzasidagi mineral moddalarning atmosfera, gidrosfera va tirik organizmlar taʼsirida past t-ralarda kimyoviy va fizik oʻzgarishi. Gipergen jarayonlar kimyoviy ajralish, erish, gidroliz, gidratatsiya, oksidlanish, karbonatlanish va b. hodisalarda namoyon boʻladi.

Gipergen jarayonlar taʼsirida quyidagilar kelib chiqadi: foydali qazilmalarning oksidlanishi va nurash poʻstining vujudga kelishi, tuproq hosil boʻlishi, yer osti, daryo, koʻl, dengiz va okeanlar suv tarkibining shakllanishi, xemogen va biogen choʻkishning yuzaga kelishi, choʻkishning diagenez va ilk epigenezi. Endogen jarayonlar uchun asosiy omillar t-ra va bosim boʻlsa, Gipergen jarayonlar uchun muhitning ishqorlilik yoki kislotalilik darajasi va oksidlanish-tiklanish imkoniyati muhimdir. Biogeokimyoviy jarayonlar ham katta rol oʻynaydi. Gipergen jarayonlarning muhim tashqi omili iqlim boʻlib, Gipergen jarayonlarning yer yuzasida joylashish qonuniyati — zonallik esa ilk bor V. V. Dokuchayev tomonidan aniqlangan. Gipergen jarayonlar natijasida qimmatbaho foydali qazilma konlar vujudga keladi.

Ensiklopediya.uz
GIPERGEN JARAYONLAR