
GINKGODOSHLAR haqida malumot bilib oling.
GINKGODOSHLAR (Ginkgoales) – karbon davridan boshlab uchlamchi davrning oxirigacha yashagan ochiq urugʻli oʻsimliklar sinfi. Hoz. bitta (Ginkgo biloba) turi (turkumi, oilasi) saklanib qolgan. Oʻzbekistan va unga chegaradosh respublikalar hududida Ginkgo, Baiera, Ginkgodium, Sphenobaiera, Czekanowskia, Phaenicopsis turkumlariga mansub oʻsimliklarning bargi va generativ organlarining izi, yogʻoch qoldiqlari topilgan. Ginkgodoshlar yura davrida toshkoʻmir hosil boʻlishida muhim rol oʻynagan.
Ensiklopediya.uz
GINKGODOSHLAR