GINKGO haqida malumot bilib oling.
GINKGO (Ginkgo biloba) — ochiq urugʻli oʻsimliklar boʻlimining gingkodoshlar oilasiga mansub hoz. yagona vakili. Daraxtning boʻyi 40 m gacha, diametri 1 m gacha; yosh niholi baʼzi nina bargli daraxtlarga oʻxshab ketadi, ammo borabora tashqi koʻrinishdan terak tusini oladi. Barglari bandli, yelpigʻichsimon, oʻrtasida oʻyigʻi bor, kuzda toʻkiladi. Ginkgo ikki uyli oʻsimlik, erkak va urgʻochi gullari kichikroq koʻchalalarga toʻplangan. Urugʻi yumaloq, danakli mevaga oʻxshaydi. Mevasi va urugʻi yeyiladi. Jan. Xitoyning baʼzi joylaridagina yovvoyi holda oʻsadi. Qrimning jan. da va Kavkazning Qora dengiz sohilida ekiladi.
Oʻrta Osiyoda Ginkgoning barg va yogʻoch qoldiklari yuqori perm va trias davriga tegishli yotqiziqlarda topilgan. Hududda Ginkgoning 15 dan ortiqturi oʻsgan. Jumladan 2 turi Jan. Oʻzbekistonda, Tojikiston va Turkmanistonda oʻsganligi aniqlangan. Ginkgoning bir qancha turlari Shim. Oʻzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va deyarli qamma davlatlarda yura, boʻr va uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan.
Ensiklopediya.uz
GINKGO