GIMENOFOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIMENOFOR haqida malumot bilib oling.

GIMENOFOR (gimeniy va yun. Phoros — ega boʻlgan) — bazidiomitsetlarning gimeniyga ega boʻlgan mevali tanasi sirti. Tuban vakillarida Gimenofor silliq, yuksak bazidiomitsetlarda plastinkasimon yoki naysimon. Oraliq shakllari: tikansimon, burmali, qirrali, koʻndalang plastinkali va b. G. tuzilishining murakkablashuvi gimeniy yuzasining kengayishi (shunga muvofiq sporalar sonining oshishi) va gimeniyni mevali tananing pastki yuzasiga siljishi orqali sodir boʻlgan. Bu hol gimeniyni jarohatlanishdan himoya qilish imkonini beradi va sporalarning tarqalishiga qulaylik tugʻdiradi.

Ensiklopediya.uz
GIMENOFOR