GILYOM haqida malumot bilib oling.
GILYOM, Giyom (Guillaume) Sharl Eduard (1861.15.2, Flerye – 1938.13.6, Parij) — shveysariyalik fizik va metrolog. Ilmiy ishlari asosan metrologiyaga oid. 1883—89 y. larda chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlashga va metrning platina-iridiyli etalonlarini bir-biriga solishtirishga oid ishlarda katnashgan. Gilyom 1 kg suvning hajmini aniqlagan. Aniq asbobsozlik, metrologiya va geodeziya sohalarida katta ahamiyatga ega boʻlgan invar tipidagi krtishmalar seriyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1920).
Ensiklopediya.uz
GILYOM