GILTCHOLGICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILTCHOLGICH haqida malumot bilib oling.

GILTCHOLGICH — qoraqalpoq ayollarining ziynat buyumi, taqinchogʻi. Tuzilishi sakkiz (8 ) raqamiga oʻxshash boʻlib, kumush boʻlagidan yasaladi. Oʻrtasiga qimmatbaho tosh qadalib, atrofi oddiy handasiy (doira) shakllar bilan bezatiladi; unga gilt (bezak sifatida ishlangan kalitcha) toʻgʻnab qoʻyiladi. Giltcholgich koʻylak yoqasi old kesimining pastki qismi yoki koʻkrak burmasiga taqiladi.

Ensiklopediya.uz
GILTCHOLGICH