GILOZOIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILOZOIZM haqida malumot bilib oling.

GILOZOIZM (yun. hyle — modda va zoe — hayot) — materiyaning barcha turlarini jonli deb hisoblaydigan taʼlimot. Materiyaning barcha shakllari sezish va fikrlash qobiliyatiga ega deb biladi. Terminni 1678-y. da ingliz faylasufi R. Kedvort (1617 — 88) kiritgan. Bunday qarash yunon falsafasi (Ioniya faylasuflari, Empedokl, Anaksagor, Fales), qisman stoitsizm, Uygʻonish davri naturfalsafasi (B. Telezio, J. Bruno, T. Paratsels), 18-a. fransuz materialistlari, jumladan, D. Didro dunyoqarashi, F. Shelling naturfalsafasi uchun xos boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
GILOZOIZM