GILON RESPUBLIKASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILON RESPUBLIKASI haqida malumot bilib oling.

GILON RESPUBLIKASIRossiya armiyasining Eronga qilgan bosqini (intervensiya) natijasida Gilon viloyatida tuzilgan respublika (1920-y. 4-iyun—1921-y. 7 noyab.). 1920-y. 18-mayda Rossiya floti Eronda sovet rejimini oʻrnatish maqsadida Enzaliga xarbiy desant tushirdi. Qizil askarlar Eron mujohidlari bilan birgalikda Gilon viloyatining markazi Rasht sh. ni egallashdi. Gilon respublikasi tuzilganligi eʼlon qilinib, Kichikxon Mirzo boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil topdi. Kichikxon Mirzo qoʻshinida 8000 kishi boʻlib, undan 6000 kishi sovet askarlari edi. Oradan koʻp oʻtmay Kichikxon Mirzo bilan bolsheviklar oʻrtasida ixtilof vujudga keldi. 31-iyulda Gilonda sovet armiyasi Kichikxon Mirzo hukumatini agʻdarib tashlab, Ehsonulloxon boshchiligida Eron kommunistlaridan iborat inqilobiy qoʻmita — revkom tuzishdi. Sovet qoʻshinlari va Eron qizil armiyasi 1 avg. da Menjil sh. ni egallab, Qazvin va Tehronga qarab yurish qildilar. Biroq 15 avg. da ular Kazvin vodiysida inglizlar va shoh qoʻshinlaridan magʻlubiyatga uchrab, 16 avg. da Menjildan ham chekinishdi. Eron shohi qoʻshinlari 24 sent. da Rashtni kizil askarlardan ozod qildi. Gilon respublikasining hukumat idoralari Enzaliga koʻchirildi. Rossiyadan yetib kelgan kizil askarlarning koʻmagida 22 okt. da Rasht yana bosib olindi. Shaharni 45000 aholi tark etdi. Noyabr oxirida Rossiyadan yana 3000 jangchi joʻnatildi. Eron qizil armiyasi qoʻmondoni N. F. Gikalo edi. Xalqaro vaziyat keskinlashib ketishidan choʻchigan Rossiya Moskvada Eron b-n shartnoma imzolashga (1921-y. 26 fev.) majbur boʻlgach, qizil askarlarni chaqirib olish majburiyatini oldi.

1921-y. 6-mayda Kichikxon Mirzo yana Gilon hukumatini boshqargan. U Gilondan qizil armiya chiqib ketishini qatʼiyan talab qildi va sotsialistik yoʻnalishdan voz kechdi. Kichikxon Mirzo 19 sent. da Gilondagi sovet va fors kommunistlariga qarshi ochiq hujumga oʻtdi. Eron shohi qoʻshinlari b-n boʻlgan jangda Kichikxon Mirzo magʻlubiyatga uchradi va noyab. ning boshida oʻldirildi. Shoh qoʻshinlari Rasht va Enzalini egalladi, Gilon respublikasi tugatildi. 1921-y. 9 noyab. da Gilon viloyati Eron shohi maʼmuriyati hukmi ostiga oʻtkazildi.

Ad.: Persii M. A., Zastenchivaya intervensiya. O sovetskom vtorjenii v Iran i Buxaru v 1920-1921 gg, 2-izd, M., 1999; Oʻzbekistonning yangi tarixi. Konseptual — metodologik muammolar, T., 1998.

Qahramon Rajabov.

Ensiklopediya.uz
GILON RESPUBLIKASI