GILLI MINERALLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILLI MINERALLAR haqida malumot bilib oling.

GILLI MINERALLAR — gillarning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan va ularning fizik-kimyoviy, mexanik va b. xususiyatlarini belgilovchi suvli silikatlar guruhi. Yer yuzasidagi alyuminiy va magmatik hamda metaformik togʻ jinslari silikatlarining nurash mahsuli. Nurash natijasida nurash va sedimentatsiya muhiti fizik-kimyoviy sharoitlarining oʻzgarishiga bogʻliq holda Gilli minerallar ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibining bosqichmabosqich oʻzgarishi sodir boʻladi. Gilli minerallar zarralarining oʻlchami 0,01 mm dan oshmaydi. Kristall strukturasiga koʻra G. m. qatlamli va soxta qatlamli silikatlarga kiradi. Gilli minerallar strukturasidagi kristallkimyoviy farqlar ularning kimyoviy tarkibidagi farklariga muvofiq keladi. Shu xususiyatlariga koʻra Gilli minerallar birbiridan keskin farqlanadi. Mac, montmorillonitli minerallar juda yuqori oʻzaro modda almashinuv va adsorbsion xossalariga ega, kaolinitli minerallarda esa bu xususiyatlar kamroq namoyon boʻlgan. Gidro-slyudalar guruhiga mansub Gilli minerallar qizdirilganda hajmi juda kattalashadi. Gilli minerallarni aniqlashda infraqizil spektroskopiyadan, kimyoviy rentgen, elektron-mikroskopik, termik metodlardan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
GILLI MINERALLAR