GILELS Emil Grigoryevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILELS Emil Grigoryevich haqida malumot bilib oling.

GILELS Emil Grigoryevich [1916.6(19).10, Odessa – 1985, Moskva] — atoqli pianinochi va pedagog. Odessa konservatoriyasi (1935). hamda Moskva konservatoriyasining Oliy mahorat maktabini (1938) tugatgan. Vir necha xalkaro pianinochilar tanlovining gʻolibi (Moskva, 1933; Vena, 1936; Bryussel, 1938). 1938-y. dan Moskva konservatoriyasida oʻqituvchi, 1952-y. dan prof. Noyob mahorat, mukammal texnikasi, 50 y. dan ziyod davom etgan konsert faoliyati tufayli Gilels 20-a. ning eng mashhur virtuoz ijrochilari qatoridan oʻrin olgan. Ijro uslubiga kuchli his-hayajon, chuqur mazmun, asarlariga yangicha talqin bilan yondashish xos. Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida, jumladan Oʻzbekistonda ham bir necha marta gastrolda boʻlgan. Londondagi Qirol musika akademiyasi, Budapeshtdagi F. List nomidagi musiqa akademiyalarining faxriy aʼzosi.

Ensiklopediya.uz
GILELS Emil Grigoryevich