
GILBERT OROLLARI haqida malumot bilib oling.
GILBERT OROLLARI — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi 16 marjon orolidan iborat, Mikroneziyada. Mayd. 264 km2. Aholisi 52 ming kishidan ortiq; asosan mikronezlar. Tarava atollida Kiribati poytaxti — Bairiki sh. joylashadi. Rasmiy til — ingliz tili. Orollarni 1764—1824-y. larda ingliz dengiz ofitserlari kashf qilgan va kapitan J. Gilbert nomi bilan atalgan. 1892-1979-y. lar Angliya mustamlakasi boʻlgan. 1979-y. dan Kiribati davlati tarkibida. Iqlimi ekvatorial, issiq va sernam. Yillik yogʻin 1000-3000 mm. Baʼzi orollarda qurgʻoqchilik ham boʻlib turadi. Oʻrtacha oylik t-ra 26 – 28°. Tabiiy oʻsimliklari asosan butalar. Kopra eksport qilinadi. K – x. da kokos palmasi oʻstiriladi, sabzavot, meva va b. yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSH va b. bilan tashqi aloqa olib boriladi.
Ensiklopediya.uz
GILBERT OROLLARI