Gijjaga qarshi dorilar — turlari, qo’llanilishi, qarshi ko’rsatmalar va nojo’ya ta’sirlari

Gijjaga qarshi dorilar — turlari, qo’llanilishi, qarshi ko’rsatmalar va nojo’ya ta’sirlari

Lyamblioz yoxud gijjalar — odamda juda ko’p muammolarni chaqirishi mumkin bo’lgan keng tarqalgan infektsion kasallik. Ko’pincha, ushbu tuban mikroblar bolalar organizmini zararlaydi, lekin kattalarda ham aniqlanishi kamyob holat emas. Gijjaga qarshi dorilar esa ularni yengishda ajralmas o’rin tutadi.

svg%3EGijjaga qarshi dori vositalari

Gijjalarni davolash qiyin emas, ishning qiyinligi faqat buning uchun to’g’ri dori tanlashda yotadi. Ya’ni, gijjalarning u yoki bu shaklini davolashning eng samarali usullarini tanlay bilish. Tibbiyot bu parazitoz muammosi bilan uzoq vaqtdan buyon shug’ullanmoqda, biroq hozirgacha gijjaga qarshi universal vositalar kashf etilmagan. Shu tufayli, terapiya har bir bemorga individual yondashilgan holda standart sxema bo’yicha amalga oshiriladi.

Gijjani davolash tamoyillari

Lyamblioz o’tkir klinik shaklda rivojlanishi, shuningdek surunkali shaklga o’tishi mumkin. Birinchi holda, kasallik alomatlari aniq namoyon bo’ladi va gijja mavjudligiga tashxis qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. Ikkinchi holda, odamda deyarli hech qanday belgilar kuzatilmaydi va ko’pincha tashxis tasodifiy ravishda qo’yiladi.

Har ikki holatda, kattalar va bolalarda ham gijjani davolash shart. Ammo, afsuski, barcha bemorlar uchun yagona yondashuv yo’q va buning uchun ba’zi bir sabablar mavjud:

  • Yuqori darajada toksikligi tufayli antiparazitar dorilar barcha uchun har doim ham mos kelavermaydi.
  • Infektsion kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ko’plab preparatlar bir qator qarshi ko’rsatmalarga ega, chunki ba’zi hollarda og’ir nojo’ya ta’sirga sabab bo’lishi mumkin.
  • Parazitologlar ilgari gijjaga qarshi ishlatilgan ayrim preparatlar ta’siriga qarshi bakteriyalarda chidamlilik rivojlanganini aniqlashdi.
  • Davolanishdan so’ng bemorda doimiy immunitet rivojlanmaydi, shuning uchun qayta infektsiyalanish ehtimoli yuqori bo’ladi. Bunday holda, lyambliozni davolash bazi parazitlarda antibiotikka qarshi chidamlilik mavjudligi tufayli butunlay boshqacha bo’ladi.
  • To’liq tiklanish ko’rsatkichlari 100% ni tashkil qilmaydi, shuning uchun lyambliozning surunkali shaklini retsediv holatidan ajratish juda qiyin. Bunday vaziyatda noto’g’ri davolanish belgilanishi mumkin.
  • Lyambliozda ko’pincha unga hamrohlik qiluvchi infektsiya kuzatiladi va ular bu tubanlar bilan to’liq simbiozda yashashi mumkin (masalan helicobacter pylori yoki candida zamburug’lari). Bu holda terapiya tegishli preparatlar bilan to’ldiriladi.

Gijjalarni darhol eradikatsiya qilish qoida tariqasida kasallikning o’tkir shakllarida belgilanadi. Boshqa hollarda terapiya standart uslubga muvofiq amalga oshiriladi.

Klassik davolash sxemasiga muvofiq preparatlarni qo’llash

Kattalarda gijjani qanday davolash kerak? Farmatsevtika sanoati gijjaga qarshi ko’plab dori vositalari chiqarmoqda, ular ushbu parazit bilan ozmi-ko’pmi kurashishga qodir. Ammo shifokorlar gijjalarga qarshi dorilarni birdan qo’llashni tavsiya etishmaydi, chunki organizmning enterotoksinlar bilan zaharlanishi endotoksinlar (hujayralar nobud bo’lganda chiqariladigan o’lik zahari) va ko’pincha zaharli bo’ladigan shaxsan preparatning ta’siri bilan og’irlashishi mumkin.

Shu sababli, gijjalarga qarshi terapiyani shifokor uch bosqichda belgilaydi:

  1. Tayyorgarlik davri.
  2. Gijjaga qarshi dori vositalarining medikamentoz ta’siri.
  3. Tiklanish davri.

Kamdan-kam hollarda hech qanday gastroenterologik va allergik simptomlarning yo’qligi to’g’ridan-to’g’ri davolashning ikkinchi bosqichiga o’tishga imkon beradi.

Tayyorgarlik davri

Asosiy davolanishga tayyorgarlik ko’rish lyamblioz alomatlariga bog’liq. Ushbu davr mobaynida bemorga gijjalar yashashi uchun salbiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan parhez buyuriladi.

Lyambliozda tavsiya etiladigan ovqatlanish tartibi:

  • Gijjalar uchun asosiy oziqa bo’lgan uglevodlar iste’molini kamaytirish.
  • Oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni ko’paytirish — u parazitlarga salbiy ta’sir ko’rsatib, ularning o’sishini sekinlashtiradi.
  • Oshqozon-ichak traktida ichimliklar va rezavorlar yordamida nordon muhit yaratish — bu gijjalarga nobud qiluvchi ta’sir qiladi.
  • Safro ham bu parazitlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bo’lib-bo’lib ovqatlanish gijjalar mavjud joyga safroning yetib borishini oshiradi.
  • Taomnomaga ko’proq kletchatka kiritish kerak, masalan bug’doy kepagi. Ular istalmagan mehmonlarni ichaklardan chiqarishga yordam beradi.

Tavsiya etilgan va taqiqlangan ovqatlar uchun aniqroq ko’rsatmalar Pevzner bo’yicha №5 parhezda belgilagan, faqat undan laktoza va uglevod saqlovchi mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak.

Tayyorgarlik ko’rish davrida dori vositalaridan ko’pincha quyidagilar buyuriladi:

  • Enterosorbentlar. Masalan, smelta toksinlarni o’ziga biriktirib, ularni organizmdan chiqarib yuboradi. U foydali bakteriyalar o’sishi uchun sharoitlarni yaxshilaydi, ichak shilliq qavatini bakteriyalarning zararli ta’siridan himoya qiladi va ularni tanadan evakuatsiya qilishga yordam beradi. Har qanday yoshdagi bemorlarga tayinlanishi mumkin.
  • Allergik reaktsiyalarni kamaytirish uchun zodak, seterizin va setrin buyuriladi.
  • Safro haydash funktsiyalari prokinetik (motilium, dompiredon) va xoletsistokinetiklar (magniy sulfati, ksilit, sorbit) yordamida qayta tiklanadi.
  • Oddi sfinkter disfunktsiyasi selektiv (odeston) yoki noselektiv (dyuspatalin, no-shpa) spazmolitiklar bilan davolanadi. Bunday holda, safro haydovchi preparatlar bekor qilinadi.
  • Hazm qilish funktsiyasini tiklash uchun fermentlar buyuriladi (festal, mezim, enzistal, kreon).
  • Lyamblioz ta’siri ostida jigar patologiyasi aniqlanganda gepatoprotektorlar belgilanadi (geptral, karsil, liv-52).

Gijjalarni dori vositalari yordamida davolash

Davolashning ikkinchi bosqichida antiparazitar preparatlar buyuriladi. Ularning tanlovi lyambliozning klinik tasviri, bemorning ayrim dori-darmonlarga tolerantligi, preparatning har bir bemor uchun individual nojo’ya ta’sirlari va qarshi ko’ratmalariga bog’liq.

Gijjani davolash uchun dorilar uch guruhga ajratiladi:

  • Nitromidazollar — metronidazol, ornidazol, tinidazol.
  • Nitrofuranlar — furazolidon, nifuratel, makmiror, enterofuril.
  • Benzimidazollar — albendazol, nemozol.

Furozolidon va metronidazol kabi preparatlar ularning yuqori toksikligi va bakteriyalarning chidamliligi tufayli tibbiy arsenaldan tobora yo’qolib bormoqda. Ular o’rniga MakMiror, Ornidazol va Albendazol kabi zamonaviy dori-darmonlar kirib kelmoqda. Ularni qabul qilish kamdan-kam hollarda salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek ular samaraliroq va kamroq zaharli sanaladi.

Kattalarda gijjalarga qarshi ushbu dorilar bilan birgalikda Enterol qabul qilish yaxshi samara beradi, uning ijobiy ta’siri ayrim patogen bakteriyalarga qarshi antagonistik xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog’liq. Bundan tashqari, preparat antitoksik ta’sir ko’rsatadi, foydali mikroflorani me’yorga keltiradi va ichakning fermentativ funktsiyasini oshiradi.

Davolanish davomiyligi 3 kundan 2 haftagacha bo’lishi mumkin. Antiparazitar terapiya kursi davomida fermentlar, sorbentlar va antigistaminlar qabul qilish davom etiladi.

Gijjalarni davolashning eng keng tarqalgan usuli — bir haftalik tanaffus bilan ikki kursli terapiya hisoblanadi. Bunda ikkinchi kurs uchun birinchi kursda tanlangan dori-darmonlardan farq qiluvchi preparatlar tanlanadi. Bunday yondashuv terapiya samaradorligini oshiradi va eng yaxshi natijalarni beradi.

Lyambliozning shakli qanday bo’lishidan qat’iy nazar, mustaqil davolanish tavsiya etilmaydi. To’liq tekshiruv, qarshi ko’rsatmalarni aniqlash, davolash tartibi, davolanishning davomiyligi, preparatlar dozirovkasini tanlash, terapiya yakuni natijalarini kuzatish faqat shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Qayta tiklanish davri

Gijjalarning organizmda faol parazitlik qilishi nafaqat organizmning metabolik jarayonlarini, balki ozuqa moddalarining muvozanatini ham buzadi. Kasallikni davolash kuchli antimikrob preparatlardan foydalanish bilan kechishi tufayli, u patogenlar bilan birga foydali mifkrolforani ham nobud qiladi.

Lyamblioz terapiyasining yakuniy bosqichi bir nechta yo’nalishga ega:

  • Foydali moddalar tanqisligini to’ldirish.
  • Organizmning himoya funktsiyalarini mustahkamlash.
  • Ovqat hazm qilish funktsiyalarini tiklash.
  • Ichakning foydali mikroflorasini me’yorga keltirish.

Ushbu bosqichda ham belgilangan sorbentlar, antigistaminlar va fermentlarni qabul qilish davom etiladi. Ehtiyotkor parhezga davolanish paytida ham, undan keyin ham amal qilinadi. Foydali moddalar tanqisligini to’ldirish uchun kompleks preparatlar buyurilishi mumkin.

Tananing himoya funktsiyalarini mustahkamlash va retsidivlarni oldini olish uchun bemorga immunostimulyatorlar buyuriladi:

  • Polioksidoniy.
  • Likopid.

Ovqat hazm qilish funktsiyasini tiklashga ovqatlanish vaqtida ferment preparatlar — Pankreatin, Festal, Enzistal qabul qilish yordam beradi. Preparat dozasi individual ravishda tanlanadi.

Ichak mikroflorasi probiotiklar (Lineks, Bifibumbakterin, Atsepol) va prebiotiklar (Laktrofiltrum, Prelaks, Laktusan) qabul qilish vaqtida me’yorlashadi.

Gijjaga qarshi eng samarali dorilar tavsifi

Lyambliozni davolash uchun ishlatiladigan preparatlar har biri o’ziga xos faol moddaga asoslangan uchta guruhga bo’linadi. Ular kasallikning klinik ko’rinishi va bemorning faol moddaga individual tolerantligidan kelib chiqib tayinlanadi.

Nitroimidazollar

Ushbu guruhga mansub eng samarali preparat Ornidazol hisoblanadi. Uning analoglari Tiberal, Lornizol, Ornitsid, Kvinsol, Dazolik hisoblanadi.

Preparat 500 mg`lik tabletkalar shaklida chiqariladi. Preparat bemorning vazn toifasini hisobga olgan holda belgilanadi. Kattalar ovqatdan keyin 1,5 g (3 tabletka) miqdorida bir martalik dozada qabul qiladi. 35 kg gacha bo’lgan bolalar uchun doza 1 kg og’irlik uchun 40 mg formuladan foydalanib aniqlanadi. Davolash 1-2 kun davom etadi. Pilyulya faqat ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan, shuning uchun uni butunlay yutish kerak.

Preparatning faol moddasi — ornidazoldir. U parazitlarning DNK`siga ta’sir qiladi va uning spiral tuzilishini buzadi. Natijada, parazitlar nobud bo’ladi va tanadan chiqib ketadi.

Ornidazol oshqozon-ichak traktida maksimal darajada so’riladi va uning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi preparat qabulidan 3 soat o’tgandan keyin kuzatiladi. U 90% bioo’zlashtiruvchanlikka ega. Preparat organizmning deyarli barcha biologik suyuqliklari va to’qimalariga kiradi. Uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi.

Ushbu preparat bir qator qarshi ko’rsatmalarga ega:

  • Preparatning tarkibiy qismlariga sezuvchanlik.
  • 3 yoshgacha bo’lgan bolalar.
  • Birinchi trimesterdagi homiladorlik.
  • Laktatsiya (emizish) davri.
  • Markaziy asab tizimi shikastlanishlari va gematologik anomaliyalar.

Preparatni jigar yetishmovchiligi, epileptik sindromi, tarqoq sklerozi bo’lgan va alkogolizmga chalingan kishilar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Ornidazolning nojo’ya ta’sirlari ham bor, ular:

  • Ko’ngil aynishi, qusish, diareya.
  • Oyoq tortishishi va titrashi.
  • Koordinatsiyaning buzilishi.
  • Allergik reaktsiya.
  • Og’izdan metallning ta’mi kelishi.

Preparatni qo’llash emizish davriga to’g’ri kelgan bo’lsa, emizishni vaqtincha to’xtatgan yaxshi. Ornidazolning biologik suyuqliklarga kirib borish ko’rsatkichi yuqori bo’lganligi sababli davolanish paytida bolani emizish xavfli hisoblanadi.

Nitrofuranlar

Ushbu guruhga mansub eng mashhur dori Makmiror hisoblanadi. U 200 mg`lik tabletkalar shaklida chiqariladi. Gijjani davolash uchun ishlatiladigan dorilar orasida ushbu vosita eng samaralisi hisoblanadi.

MakMiror eng kam nojo’ya ta’sirga ega, chunki u gepatobiliar tizimga deyarli ta’sir qilmaydi. Lyambliozga hamrohlik qiluvchi mikroblarning ko’pchiligini, jumladan, Helicobacter pylori bakteriyasi va Candida zamburug’larini yo’q qiladi.

Bolalarning 2 oyligidan boshlab davolash uchun ishlatsa bo’ladi, doza 1 kg chaqaloq vazni uchun 15 mg preparat formula bo’yicha hisoblanadi. Davolash kursi bir hafta davom etadi, preparat kuniga 2 marta qabul qilinadi. Kattalar shuningdek, 7 kun davomida kuniga 2 marta 400 mg`dan Ornidazol ham qabul qiladi.

Tabletkalardan tashqari, MakMiror bir qancha boshqa, xususan vaginal suppozitoriylar, krem shaklida ham mavjud. Uning asosiy afzalligi insonning foydali mikroflorasiga ta’sir etmasligi bo’lib, bunda bemorda disbakterioz rivojlanmaydi.

Homiladorlik davrida preparat o’ta zarur bo’lgan taqdirda buyuriladi. Agar emizikli ayol MakMiror qabul qilishi taqozo bo’lsa, emizishni to’xtatib turish tavsiya etiladi.

Benzimidazollar

Ushbu guruhdagi dorilardan Albendazol ko’riladi. Ushbu universal vositaning asosiy farqi shundaki, u bakteriyalarni ular rivojlanishining istalgan bosqichida bostirish qobiliyatiga ega. Uning nobud qiluvchi ta’siri gijjalarda glyukozani o’zlashtirish va ATF sinteziga to’sqinlik qila olishi bilan ifodalanadi. Natijada mikroblar nobud bo’lib, tanadan chiqib ketadi.

Preparat 400 mg`lik tabletkalar shaklida chiqariladi, bu kattalar uchun bir sutkalik doza hisoblanadi. Bolalar uchun preparat 20 ml`li suspenziya shaklida chiqariladi. Faol modda ulushi 5 ml da 100 mg`ni tashkil qiladi. Doza bolaning 1 kg og’irligi uchun 10 ml formulasi bo’yicha hisoblanadi.

Albendazol yordamida lyambliozni davolash 3 kun davom etadi. 3 haftadan so’ng terapiyani yana bir bor takrorlash kerak.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

  • 2 yoshgacha bo’lgan bolalar.
  • Homiladorlik — qat’iy taqiq.
  • Laktatsiya davri.
  • Preparatga intolerantlik.

Gepatobiliar tizim patologiyalari (sirroz) va qon hosil qilish funktsiyasi buzilishlari bo’lgan bemorlarda Albendazol juda ehtiyotkorlik bilan qo’llanilishi kerak.

Nojo’ya ta’sirlari:

  • Gipertermiya.
  • Eshakemi.
  • Qorinda abdominal og’riqlar.
  • Alopetsiya.
  • Gipertenziya.
  • Bosh og’rig’i.
  • Jigar fermentlarining ishlab chiqarilishi ko’payishi.
  • Allergik reaktsiya.
  • Qon hosil bo’lishining buzilishi.

Ta’riflangan dorilar va davolash sxemasi ancha keng tarqalgan va ko’plab shifokorlar tomonidan qo’llaniladi. Ammo gijjaga qarshi dorilarning ko’pchiligi juda toksik va bir qator qarshi ko’rsatmalarga ega ekanligini unutmaslik kerak. U yoki bu dori-darmonlarni tayinlash, dozasi va davolash muddatini belgilash bemorning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda faqat malakali mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Bundan tashqari, boshqa gijjaga qarshi dorilar nomi:

  • Zentel;
  • Albendazol;
  • Vermoks;
  • Enterofuril;
  • Dekaris;
  • Pirantel;
  • Intetriks;
  • Metronidazol;
  • Tiberal;
  • Furazolidon;
  • Tinidazol;
  • Trixopol;
  • Nemozol.

Gijjalar qanday yuqadi→

Kasalliklar
Gijjaga qarshi dorilar — turlari, qarshi ko’rsatmalar va nojo’ya ta’sirlari, qo’llanilishi