Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar

Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
gijja tushirish uchun qollaniladigan tabiiy retseptlar 65ca91124da2e

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F 2

Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar

Mundarija скрыть
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

🦠 Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
🌱 Bo‘yimodaron guli, yong‘oqning bargi, zanjabil, sumbul, balila, sariq halila – hammasidan teng miqdorda olib maydalanadi va har kuni uch mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqdan och qoringa kapalansa yoki qaynoq suvga aralashtirib ichilsa, gijjalar oson tushadi.
🧄 Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi.
♻️ O‘n bo‘lakcha sarimsoqni qaynatilgan sut bilan nahorda ichilsa, yoki sutsiz o‘zi ko‘proq iste’mol qilinsa, gijjalar va solityor tushadi.
🌿 Bir osh qoshiq dastarbosh guli ustiga ikki stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, to‘rt soat og‘zi yopiq idishda tindirib qo‘yiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
🧅 O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi.
🥬 Ikki osh qoshiq ermon o‘ti ustiga bir litr suv quyib, besh daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi.
🔸 Sabzi urug‘i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo‘ladi.
💭 Ibn Sino bo‘yimodaron gulidan gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o‘simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqdan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda uch mahal choy qilib yoki olti kun ikki osh qoshiqdan ichilsa ham gijjalar daf bo‘ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o‘ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi.
💠 Ermon urug‘ini asal bilan aralashtirib, ikki kun davomida kuniga uch mahal ovqatdan 1,5-2 soat oldin iste’mol qilinadi. Bundan bir kun oldin parhez qilib, surgi dori ichiladi. Ikki kundan so‘ng kechqurun yana surgi dori ichiladi. Kattalar urug‘dan 4 g yeydilar, bolalarga 1-3 yoshgacha – 0,25-0,75 g, 4-6 yoshgacha – 1-1,5 g, 7-9 yoshgacha – 1,75-2,25 g, 10-14 yoshgacha – 2,5-3,6 g, 15-16 yoshgacha – 4 grammdan beriladi.

Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar