GIDROSAMOLYOT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROSAMOLYOT haqida malumot bilib oling.

GIDROSAMOLYOT (gidro… va samolyot) — suvdan koʻtarilishga, suvga qoʻnishga va suvda suzishga moslangan samolyot. Samolyot shassisiga gʻildiraklar oʻrniga qalqovuchlar oʻrnatiladi yoki korpusi toʻgʻridan-toʻgʻri suvga qoʻnishga moslashadi. Qalqovuchlar yogʻoch yoki metaldsan ichi boʻsh qilib yasaladi. Barcha katta Gidrosamolyotlar «uchuvchi qayiq» shaklida metalldan ishlab chiqariladi. Baʼzi Gidrosamolyot larda ham gʻildirak, ham qalqovuch boʻladi («samolyot-amfibiya»). G. dan baliq toʻdalarini qidirish, dengizda halokatga uchragan odamlarni qutqarish, oʻrmondagi yongʻinni oʻchirish va b. maqsadlarda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
GIDROSAMOLYOT