GIDROGEOTERMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROGEOTERMIYA haqida malumot bilib oling.

GIDROGEOTERMIYA — gidrogeodinamik sistemalarda t-ra almashinuvi, yer osti suvlari va ularga toʻyingan qatlamlarning t-rasini oʻzgarib turishi qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. termal (yerning maʼlum chuqurliklarida toʻplanadigan yoki yer yoriqlaridan yuzaga oqib chiqadigan, t-rasi 20° dan kam boʻlmagan) suvlarning hosil boʻlishi, suv miqdorining sutka, yil, asr mobaynida oʻzgarishi va sarflanishi qonuniyatlarini hamda yer osti boʻshliqparini oʻrganadi. Gidrogeotermiya yer yadrosidagi issiqlikni oʻrganish bilan aloqador. Arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, hatto jez davri (mil. av. 5—1a. lar)da kishilar davolanish maqsadida termomineral suvdan foydalanishgan.

Tabiatda asosan uchta gidrogeotermik rejim mavjud: ochiq, yopiq, va aralash. Keyingi paytlarda yer osti issiq suvlari tez-tez ifloslanmoqda. Bunday ifloslanishlarni bartaraf etishda termometrik oʻlchovlar muhim rol oʻynaydi.

Ensiklopediya.uz
GIDROGEOTERMIYA