
GIDROGEOLOGIK XARITALAR haqida malumot bilib oling.
GIDROGEOLOGIK XARITALAR — yer osti suvlarining tarqalishi va kimyoviy tarkibini aks ettiruvchi xaritalar. Gidrogeologik xaritalarda suvli gorizontlarning sifati, suv berishi, bosimli suv sistemasining qad. zamini, geologik strukturalarning oʻzaro munosabati, relyef va yer osti suvlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Geologik va tektonik xaritalarni inobatga olib gidrogeologik syomka natijalaridan foydalangan holda tuziladi. Gidrogeologik xaritalarda suvli gorizontlar va ularning komplekslarini tarqalishi, manbalar va ularning suv bera olishi, quduqlar, burgʻi quduqlari, karat voronkalari, suvli qalin qatlamning tubi yoki usti, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi tasvirlanadi.
Gidrogeologik xaritalar kichik (1:500000), oʻrta (1:2000001:100000), yirik (1:50000 dan yirikroq) masshtabli boʻladi. Gidrogeologik xaritalar vazifasiga qarab umumiy, asosiy suvli gorizontlar, maxsus xaritalarga boʻlinadi. Umumiy Gidrogeologik xaritalarda suvli komplekslar va gorizontlar, ularning tavsifi suv saqlovchi togʻ jinslarining yoshi va petrografik tarkibi, gidrogeologik tayanch va xarakterli burgʻi quduqlari, yirik suv manbalari, yer ostining suv sathi haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Asosiy suvli gorizontlar Gidrogeologik xaritalarda suvli gorizontlarning tarqalgan maydoni, togʻ jinsining tarkibi va yotish chuqurligi, erkin yoki bosimli suvlarni sathi, gorizontlarning suvliligi va minerallanish darajasi koʻrsatiladi. Maxsus Gidrogeologik xaritalar suv taʼminoti masalalari va suv zaxirasini baholash, foydali qazilma konlarining suvliligi, mineral suv konlarining chegarasini aniqlash maqsadida tuziladi. Gidrogeologik xaritalar larga, odatda, joyning gidrogeologik sharoitlarini tushuntiruvchi matn ilova qilinadi. Gidrogeologik r-nlashtirish, gidrokimyo, yer osti suvlari va b. xaritalar maxsus tipli xaritalarga kiradi. Uebekistonda Gidrogeologik xaritalar 1980-82 y. larda tuzilgan.
Ensiklopediya.uz
GIDROGEOLOGIK XARITALAR