
GIDROFOB QOPLAMALAR haqida malumot bilib oling.
GIDROFOB QOPLAMALAR — gidrofil (suv bilan yaxshi taʼsirlashadigan) materiallar sirtiga yupqa qatlamda beriladigan suv oʻtkazmaydigan moddalar. Materiallarga gidrofoblash eritmalari, emulsiyalari yoki bugʻlari bilan ishlov berib, monomolekulyar satlam yoki yupqa parda koʻrinishidagi Gidrofob qoplamalar hosil qilinadi. Bunday Gidrofob qoplamalar suv bilan kam taʼsirlashib, material sirtida mustahkam oʻrnashib qoladi. Gidrofoblagichlar sifatida yogʻli kislotalarning hamda mis, alyuminiy, sirkoniy va b. metallarning tuzlari, organik birikmalar ishlatiladi. Gidrofob qoplamalar turli materiallar (metall, yogʻoch, plastmassa, charm, tolali materiallar) ni suvning yemiruvchi yoki namlash taʼsiridan himoya qiladi. Mashinasozlik, qurilish va toʻqimachilik sanoatida keng qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
GIDROFOB QOPLAMALAR