GIBRIDOLOGIK TAXLIL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIBRIDOLOGIK TAXLIL haqida malumot bilib oling.

GIBRIDOLOGIK TAXLILorganizm irsiy xususiyatlarini duragaylash, soʻngra duragay avlod belgilarini oʻrganish usuli (q. Duragaylash). G. t. asoschisi — chex tabiatshunosi Gibridologik taxlil Mendel (1828—84). Gibridologik taxlilda belgi rivojlanishida qatnashuvchi genlar soni (monogen yoki poligenligi), shuningdek ularning oʻzaro taʼsir xarakteri, birikkanlik darajasi, krossingover foizi, oʻrganilayotgan belgilar buyicha shakllarning geterozigotaligi aniqlanadi.

Gibridologik taxlil oʻsimlikka tatbiq qilishdagi asosiy tamoyillar: duragaylash uchun boshlangʻich ota-ona oʻsimlik sifatida Gibridologik taxlil qilinayotgan oʻsimlik (mas, gʻoʻza) genetik kolleksiyasining gomozigotali hamda oʻrganilayotgan belgilari muqobil (keskin)lik holati bilan ajralib turadigan, oʻzidan changlangan (inbred) liniyalaridan foydalanish; ota-ona liniyalarini retsiprok chatishtirish va birinchi avlod — Gʻ, duragayini olish; dominantlik xususiyati hamda belgi rivojlanishiga ona organizmning belgilovchi taʼsirini aniqlash; ikkinchi avlod Gʻ2 duragaylarini va bekross taʼsirini oʻrganish. Tahlil natijalari asosida belgining genetik tuzilishi toʻgʻrisidagi farazni olgʻa surish; oʻzidan changlangan Gʻ2 va Gʻ3 (takroriy chatishtirish — bekross natijasida olingan) avlodlarini keyingi boʻgʻinlar davomida ota-ona genlari allellarining gomozigota holatiga keltirilgan turli juftlariga ega boʻlgan, nazariy kutilgan liniyalar olingunga qadar oʻrganish.

Sharifjon Toʻrabekov.

Ensiklopediya.uz
GIBRIDOLOGIK TAXLIL