Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤 Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir. Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi. Ushbu rejimni Windows 10’dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER). 2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi. 3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi. 4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi. 5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации’ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing. 6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi. 📝 Manba: @pcTeapotGibernatsiya rejimini faollashtirish
DO`STLARGA ULASHING:
Gibernatsiya rejimini faollashtirish