GETTO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GETTO haqida malumot bilib oling.

GETTO — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida yahudiylar yashashi uchun ajratilgan shahar qismi. Getto istilohi ital. ghetta — zambarak zavodi soʻzidan olingan boʻlib, Venetsiyadagi ushbu zavod yonida 1516-y. yahudiylar mahallasi (kvartali) taʼsis etilgan, 2-jahon urushi davrida natsistlar tomonidan Sharqiy Yevropaning bir qancha shaharlarida Gettolar tashkil qilinib, yahudiylarni «qirish lageri»ga aylantirildi. Bu atama baʼzan huquqi poymol etilgan mayda millatlar joylashgan shahar tumaniga nisbatan ham ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GETTO