GETEROTALLIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GETEROTALLIZM haqida malumot bilib oling.

GETEROTALLIZM (getero… va yun. thallos — shoxcha, novda, bachki) — vegetativ va generativ organlarining tashqi tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qilmaydigan baʼzi suvoʻtlar va zamburugʻlarda uchraydigan ayrim jinslilik. Geterotallizm birinchi marta (1904) mukor zamburugʻlarda aniqlangan. Jinsiy organlarining tuzilishi jihatdan keskin farq qiladigan ayrim har xil jinsli oomitsetlar va zamburugʻlar ham Geterotallizmga misol boʻla oladi. Zamburugʻlarda uchraydigan ikki jinslilik esa gomotallizm deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
GETEROTALLIZM