GETEROSTILIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GETEROSTILIYA haqida malumot bilib oling.

GETEROSTILIYA (getero… va yun. stylos — ustuncha) , urugʻchi ustunchalarining har xilligi — oʻsimlikda changchi changdonlari bilan urugʻchi ogʻizchasining nisbatan baland-past joylanishiga koʻra bir-biridan farqlanadigan 2 yoki 3 xil tipdagi gullarning mavjud boʻlishi. Mas, gulda urugʻchi ogʻizchasi changchi changdonidan pastda (qisqa ustunchali), yuqorida (uzun ustunchali), oʻrta holatda (oʻrta ustunchali) joylashgan boʻlishi mumkin. Bu hodisa oʻsimlik turlari populyatsiyalarining evolyutsion moslanishlarida yuzaga kelgan va oʻsimliklarning koʻpayishi hamda yashovchanligi oshishida hayotiy ahamiyatga ega. Geterostiliya gulli oʻsimliklarning 30 ga yaqin oila vakillarida kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
GETEROSTILIYA