GETEROPOLIBIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.
GETEROPOLIBIRIKMALAR — kompleks birikmalar. Ular tarkibiga ligandlar sifatida molibdenli, volframli, baʼzan vanadiyli, niobiyli va b. anorganik izopolikislotalarning anionlari, shuningdek geteropolikislotalar va ularning guzlari kiradi. Geteropolikislotalarning geteropolianionlariga [Ep+Me12O40]«8-»>-, [Ep+ Me|2O42]-, [E°+ Me6O24]»2-») – va b. misol boʻla oladi. Bu yerda Me — volfram W yoki molibden Mo, E — kompleks hosil qiluvchi atom (geteroatom). Geteropolikislotalar va ularning baʼzi tuzlari (rubidiy, seziy, simob, ammoniy ioni, ogʻir metallar va organik asoslardan tashqari) suvda va tarkibida kislorod boʻlgan erituvchilar (spirtlar, ketonlar, oddiy efirlar) da yaxshi eriydi. Suvli eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Kislotali va neytral muhitlarda nisbatan barqaror boʻlib, ish-qoriy muhitda parchalanadi. Geteropolikislotalar suvli eritmalardan, mas, H3PO4+12Na2MoO4 + 12H2SO4 – > H3[PMol2O40J+12Na2SO4+12H2O reaksiya asosida olinishi mumkin. Geteropolituzlar esa geteropolikislotalarni gidroksidlar yoki metallarning karbonatlari bilan neytrallash jarayonida hosil boʻladi. Geteropolibirikmalar antibiotiklarni ajratib olishda, katalizator sifatida (mas, olefinlarning oksidlanishida) qoʻllaniladi. Geteropolibirikmalarning hosil boʻlishidan analitik kimyola margimush, qalay, surmani ochishda, rubidiy, seziy, fosfor, molibden va b. ni fotometrik usudda aniqlashda foydalaniladi. Baʼzi Geteropolibirikmalar lok, boʻyoq i. ch. da qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
GETEROPOLIBIRIKMALAR