GERSEN Aleksandr Ivanovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERSEN Aleksandr Ivanovich haqida malumot bilib oling.

GERSEN Aleksandr Ivanovich (taxallusi Iskandar) [1812.25.3 (6.4), Moskva —1870. 9(21 ).1, Parij; Nissada dafn qilingan] — rus adibi, publitsist, faylasuf, revolyutsion-demokrat. Moskva un-tini tugatgan (1833). 1836-y. dan Iskandar taxallusi bilan matbuotda qatnashgan. Londonda «Erkin rus bosmaxonasi»ni tashkil etgan (1853). «Fanda yuzakilik» (1842-43), «Tabiatii oʻrganish haqida maktublar» (1845—46) asarlari rus materialistik falsafasi anʼanalarining qaror to-pishi va taraqqiyotida salmokdi oʻrin tutadi.

Gersen Belinskiy izidan borib, sanʼatda tanqidiy realizm tamoyillarini qoʻllab-quvvatlagan. Sanʼatning hayot b-n uzviy bogʻliqligini taʼkidlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib etishda adabiyotni siyosiy minbar deb hisoblagan. «Sanʼat sanʼat uchun» degan nazariyaga, shuningdek naturalizmga qarshi kurashgan. «kim aybdor» (1841-46), «Doktor Krupov» (1847), «Oʻgʻri zagʻizgʻon» (1948) asarlari muallifi. «Kechmish va oʻylar» avtobiografik asari (1852—68) Gersen badiiy ijodida markaziy oʻrin tutadi. Asar Rossiyada inqilobiy harakat tarixini real va badiiy yoritib bergan.

Gersenning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Oʻgʻri zagʻizgʻon», 1955).

Ensiklopediya.uz
GERSEN Aleksandr Ivanovich