GERS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERS haqida malumot bilib oling.

GERS (Hertz) Gustav Lyudvig (1887.22.7, Gamburg – 1975) – nemis fizigi, Myunxen va Berlin un-tlarida oʻqigan. 1954-y. dan Leypsigdagi fizika in-ti direktori. Ilmiy ishlari spektroskopiyaga oid. J. Frank bilan hamkorlikda elektronlarning atomlar bilan toʻqnashuviga doir tajribalar (Frank—Gers tajribasi, 1913)oʻtkazgan. Rentgen nurlarining yutilish spektrini oʻrgangan, diffuziya, elektron emissiya, gazlardagi razryadlar, plazma fizikasi, ultratovush, yarimoʻtkazgichlarga oid qator tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1925, J. Frank bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
GERS