Gerpes haqida
Gerpes – bu virus keltirib chiqaradigan kasallik. Bu teri va shilliq qavatlardagi suyuqlik bilan to’ldirilgan kichik pufakchalarning toshishi sifatida namoyon bo’ladigan yallig’lanish kasalligi. Kasallikning qo’zg’atuvchisi oddiy gerpes virusi (lotincha Herpes simplex yoki HSV) bo’lib, u dunyo aholisining 90% da mavjud, ammo ulardan faqat 5% ida gerpes namoyon bo`ladi va belgilari rivojlanadi.
Gerpes qanday kasallik?
Gerpes — bu virus keltirib chiqaradigan kasallik. Bu teri va shilliq qavatlardagi suyuqlik bilan to’ldirilgan kichik pufakchalarning toshishi sifatida namoyon bo’ladigan yallig’lanish kasalligi. Kasallikning qo’zg’atuvchisi oddiy gerpes virusi (lotincha Herpes simplex yoki HSV) bo’lib, u dunyo aholisining 90% da mavjud, ammo ulardan faqat 5% ida gerpes namoyon bo`ladi va belgilari rivojlanadi.
Herpesviridae oilasi viruslari hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin bo’lgan infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, oddiy gerpes virusi homiladorlik davrida homilaga ta’sir qiladi, u keltirib chiqaradigan patologiyalar homilaning tashqi ko`rinishi o`zgarishiga olib kelishi mumkin.
Oddiy gerpes virusi ko`pincha quyidagilarga ta`sir qiladi:
- shilliq qavatlar;
- nervlar (meningit, ensefalit);
- ko’rish apparati (keratit, konyunktivit);
- teri qoplamasi;
- jinsiy a’zolarning shilliq qavati.
Kasallikning takrorlanishi burunning yon tomonida, lablar chetida, tish milkida va yonoqning ichki qismida, peshonada va hatto ko’z qovog’ida o’zini namoyon qiladi. Ko’pincha yallig’lanish lablar burchaklarida vujudga keladi.
Gerpesning tasnifi
Virusning juda ko’p turlari mavjud bo’lsa-da, jami sakkizta turi ajratiladi:
- HSV 1-turi — og’iz va labda o’zini namoyon qiladi. Avval yallig’lanish va qizarish, keyin ichida suyuqlik bo`lgan pufakchalar paydo bo’ladi. Bir hafta davomida pufakchalar joyida noqulaylik va achishish kuzatiladi. Ba’zida bemorning harorati ko`tariladi. Bu gerpesning eng ko`p uchraydigan turi bo`lib, sovqotish yoki shamollash paytida qaytalanadi.
- HSV 2-turi — jinsiy a’zolarda o’zini namoyon qiladi. U genital gerpes deb ham ataladi. Virus jinsiy aloqa orqali yuqadi. Birlamchi va ikkilamchi genital gerpes mavjud:
— Birlamchi — yuqishdan keyin gerpesning birinchi marta namoyon bo’lishi
— Ikkilamchi — kasallikning qaytalanishi, yil davomida takrorlanadi.
- Tanadagi gerpes (3-turi) – o`rab oluvchi temiratki. Bolalarda suvchechakni keltirib chiqaradi. 35 yoshgacha bo’lgan kattalarda asab tizimiga, ayniqsa bosh suyagi va orqa miya to’qimalariga salbiy ta’sir qiladi. Tanada yirik nervlar o’tadigan joyda bir qator pufakchalar paydo bo’ladi va tanani o’rab turganga o’xshaydi, nomi shundan kelib chiqqan. Shilliq qavatlar virusning bu turi bilan deyarli hech qachon zararlanmaydi. Gerpesning ushbu turidagi belgilar: bosh og’rig’i, isitma, achishish, qichishish.
- HSV 4-turi (Epshteyn-Barr virusi) tomoq og’rig’i (angina) ning bir shakli bo’lib, unda limfa tugunlari odatdagidan kattaroq bo’ladi. Alomatlari: tomoq og’rig’i, o’zini yomon his qilish, bosh aylanishi. Yetti kun davomida baland harorat saqlanib qoladi va bodomsimon bezlarda suyuqlik bilan to’la pufakchalar paydo bo’ladi.
- HSV 5-turi (sitomegalovirus). U ikki xil namoyon bo`ladi: alomatlar umuman kuzatilmaydi yoki kasallik markaziy asab tizimi va organlarga ta’sir qiladi. Virusning bu turi jinsiy yo`l bilan yoki kundalik hayotda yuqtiriladi. Ushbu virus chaqaloqqa onadan, shuningdek, emizish orqali o’tishi mumkin.
- HSV 6-turi. Virusning bu turi sababli limfoma, limfosarkoma, gemositoblastoma rivojlanadi.
- HSV 7-turi tufayli surunkali charchoq sindromi paydo bo’ladi. Bu bolalik davrida paydo bo’lishi, ammo immun tizimi yomonlashmaguncha o’zini namoyon qilmasligi mumkin. Limfotsitlar ko’pincha normal miqdorda bo’ladi, lekin ular virusning harakatlari tufayli o’z vazifalarini normal bajara olmaydi. Shu sababli surunkali charchoq rivojlanadi. Vaqt o’tishi bilan asab tizimining yanada jiddiy muammolari paydo bo’lishi mumkin: xotira va aqlning buzilishi, depressiya.
- HSV 8-turi. Faqat PCR testi orqali tashxis qo’yish mumkin. Virusning bu turi faqat prostata bezi va siydik-tanosil tizimi to`qimalarida topiladi.
Gerpesning sabablari
Virusning yuqishi bemorning biosuyuqliklari orqali sodir bo’ladi. Bundan tashqari, terining shikastlangan qismiga tegish orqali yuqtirish mumkin.
Xavf omillari:
- gigiyenaga rioya qilmaslik;
- notanish odamlar bilan jinsiy aloqaga kirishish;
- tananing haddan ortiq sovqotishi yoki qizishi;
- oddiy gerpes virusi kasallangan odam bilan o’pishish;;
- jamoat joylarida hojatxonadan foydalanish;
- rivojlanmagan davlatlarda yashash;
- past ijtimoiy/iqtisodiy daraja.
O’rtacha namlik darajasi va o’rtacha haroratda oddiy gerpes virusi inson tanasidan tashqarida 24 soat davomida yashashi mumkin. +52 °C va undan yuqori haroratda 30 daqiqadan so`ng nobud bo`ladi -70 °C gacha bo`lgan haroratda esa 5 kungacha yashaydi. Metall ustida taxminan 2 soat yashaydi.
Gerpesning belgilari
Oddiy gerpes virusining namoyon bo’lishi — bu tananing turli qismlarida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan suyuqlikli pufakchalardir. Odatda, ularning paydo bo’lishidan oldin bemorda quyidagi belgilar kuzatiladi:
- holsizlik;
- terining achishishi va qichishi;
- titroq.
Rivojlanish bosqichlari:
- Birinchi bosqich — pufakchalar keyinroq paydo bo’ladigan joyda teri biroz qichishadi. Agar terining bu joyini «Aciklovir» malhami bilan yog’lansa, pufakchalar paydo bo’lishini oldini olish mumkin.
- Yallig’lanish bosqichi — suyuqlikli pufakchalar hosil bo’lib, ular asta-sekin kattalashib boradi.
- Yaralar bosqichi — pufakchalar yorilib, ularning o’rnini og’riq keltiradigan yaralar egallaydi.
- Qo’tirning paydo bo’lish bosqichi — yaralar qobiq bilan qoplanadi.
O`rab oluvchi temiratki davrida migren va kasallangan nervning joylashuvi bo’ylab tanadagi og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. Bir necha kundan keyin terida pufakchalar paydo bo’ladi, undagi shaffof suyuqlik asta-sekin qonli yiringga aylanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi va haroratning ko’tarilishi kuzatiladi. Nevralgiya bir necha oy davom etishi mumkin.
Birlamchi genital gerpes hech qanday namoyon bo`lmaydi. Bemor o’zini virus tashuvchisi ekanligini bilmaydi va boshqa odamlarga yuqtiradi. Belgilar ikki yoki undan ko`p kun ichida namoyon bo`la boshlaydi. Ko’pincha ular oyoqlar, sonlar terisida, jinsiy a`zolar shilliq qavatida toshmalar shaklida paydo bo`ladi. Hayz ko’rishdan oldin, ayollarda, hatto dumba mushaklarida pufakchalar paydo bo’lishi mumkin.
Diagnostika
Oddiy gerpes virusiga klinik ko’rinishga qarab tashxis qo’yiladi. Agar tekshiruvda tashqi jinsiy a’zolarda toshma aniqlansa, kasallik sifilis (zahm) bilan taqqoslanadi. Tashxislashda quyidagi laboratoriya usullari tavsiya etiladi:
- virusologik;
- PCR testi;
- immunitet holati baholanadi;
- sitomorfologik;
- immunoferment tahlil yordamida antitanachalar aniqlanadi.
Gerpesni qanday davolash mumkin?
Gerpes surunkali kasallikdir, ammo qaytalanishning oldini olish uchun davolanish kerak. Buning uchun quyidagi dori vositalari qo’llaniladi:
- isitmani tushiruvchi;
- mikroblarga qarshi;
- og`riq qoldiruvchi krem va malhamlar;
- immunostimulyatorlar.
Shifokorlar tavsiya qiladilar:
- «Aciklovir» («Zoviraks») — tana hujayralarida oddiy gerpes virusi tarqalishini oldini oladi.
- «Famciklovir» («Famvir») — Herpes zoster va Herpes simplex virusi shtammlarini o’ldiradi.
- «Valasiklovir» («Valtareks») — ta’sir qilish modeli «Aciklovir» ga o’xshaydi, lekin undanda kuchli dori.
- «Panavir» — qichishish va og’riqni yo’qotish uchun ishlatiladi.
- «Flavozid» – oddiy gerpes virusiga qarshi sirop.
- «Proteflazid» — kasallikka qarshi tomchilar.
Homilador ayol uchun xalq tabobati usullari yordamida gerpesni yo’q qilish ma`qulroqdir. Ular toshmalarni bartaraf etishga yordam beradi, ammo homilador ayolning immunitetiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Gerpesni davolashning xalqona usullari
Gerpesdan davolanishga yordam beradigan xalqona usullar ro’yxati:
- Kun davomida ikki soatlik oraliq bilan yallig’langan joylarni oqqarag`ay (pixta) yog’i bilan yog’lanadi;
- Lablar terisidagi pufakchalarni propolis damlamasi bilan kuydirib, so’ngra kalendula asosidagi malham bilan artiladi;
- Kuchsizroq choy tayyorlab (yarim choy qoshiq quruq choydan foydalaning), choy sovishini kuting. Paxtani namlab va yallig’langan joyga kuniga to’rt marta qo`yiladi;
- Bir necha kun davomida pufakchalar quloq kiri bilan yog’lanadi;
- Surtib turishga kamfora yog`i ishlatiladi.
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Xavfli jihatlari
Homilador ayol uchun gerpes tug’ilmagan bolaga infeksiyasining yuqishi ehtimoli bilan xavflidir. Bachadon bo`ynidagi pufakchalar bepushtlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, gerpes kichik tos sohasi a’zolariga va uning tuzilmalariga ta’sir qilishi mumkin (ganglionit, nevrit, tos simpatalgiyasi).
Profilaktika
Gerpesning oldini olish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:
- Jinsiy sherik tanlashda ehtiyot bo’lish;
- Prezervativlardan foydalanish;
- Antiseptiklardan foydalanish;
- Gerpes bilan kasallangan bemor terisi bilan aloqa qilgandan so’ng, odatiy gigiena qoidalarini bajarish;
- Jamoat joylaridan uyga qaytgandan so`ng qo’llarni yuvish yoki tozalash.
- Shaxsiy gigiena qoidalarini e’tiborsiz qoldirmaslik;
- Notanish odamlar bilan oral jinsiy aloqada bo’lmaslik;
- Linzalarga so`lak tekkizmaslik;
- Begona idish-tovoqlar va kiyimlarni ishlatmaslik.
Gerpesning tarqalishini oldini olish uchun bemor pufakchalarni yorib yubormasligi va yaralarda hosil bo’lgan qobiqlarni olib tashlamasligi kerak.
Gerpesga qarshi vaksinalar
“Vitagerpavak” — bu HSV infeksiyasini davolashda ham, oldini olishda ham qo’llaniladigan gerpesga qarshi emlashdir. Undan yillar davomida foydalanilib kelinadi. Vaksina virusning inaktivlangan antitanalarini o’z ichiga oladi, bu esa bemorda immunitet reaksiyasi hosil bo`lishini rag’batlantiradi. Bemorlar ushbu vaksinani yaxshi o`tkazadilar. “Vitagerpavak”ning uzoq vaqt davomida immunitet ishlab chiqarilishini rag’batlantirishi isbotlangan.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Gerpesni davolovchi shifokorlar
Dermatolog, Kosmetolog, Dermatovenereolog
Tajriba 15 yil · Oliy toifali shifokor
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
80 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
80 000 so’m
Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14
Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Juma 08:00-15:00
Shanba 08:00-14:00
Dermatolog, Dermatovenereolog
Tajriba 28 yil · Oliy toifali shifokor
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
130 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
130 000 so’m
Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19
Mo’ljal: Chilonzor IIBB
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma 14:00-17:00
Seshanba, Payshanba, Shanba 09:00-17:00
Dermatolog, Trixolog
Tajriba 11 yil
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
250 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
250 000 so’m
Yakkasaroy tumani, Mirabad ko`chasi, 9A
Mo’ljal: «Rossiya» mehmonhonasi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma 08:00-19:00
Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko’chasi, 18
Mo’ljal: Yangi Qozog’iston elchixonasi va Rayxon kafesi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba Dam olish kuni
Dermatolog
Tajriba 11 yil
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
170 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
170 000 so’m
Mirobod tumani, Oybek ko`chasi 34
Mo’ljal: Pravoslav cherkovi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 09:00-17:00
Dermatolog, Dermatovenereolog
Tajriba 41 yil · Oliy toifali shifokor
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
190 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
190 000 so’m
Olmazor tumani, Kichik Xalka Yo`li, 5
Mo’ljal: Beruniy metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Juma 08:30-11:30
Dermatolog, Kosmetolog
Tajriba 8 yil
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
170 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
170 000 so’m
Olmazor tumani, Kichik Xalka Yo`li, 5
Mo’ljal: Beruniy metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba Dam olish kuni
Seshanba, Payshanba 10:00-16:30
Dermatolog, Dermatovenereolog
Tajriba 17 yil · Birinchi toifali shifokor
Qabul turi
Klinikada
51 700 so’m
Shayxontohur tumani, Istiroxat ko’ch., 258
Mo’ljal: Grampus sport majmuasi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 09:00-15:00
Olmazor tumani, Farobiy ko`chasi, 3
Mo’ljal: Respublika saraton markazi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
120 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Chilonzor tumani, Muqimiy ko`chasi, 182
Mo’ljal: «Sport tovarlari» do’koni va Oqtepa maydoni o’rtasida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Chorshanba, Juma 16:00-17:00
Dermatolog, Kosmetolog
Tajriba 22 yil · Uchinchi toifali shifokor
Chilonzor tumani, Bunyodkor ko’ch, 24/1
Mo’ljal: NBU BANK qarshisidagi metro Chilonzor
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 14:00-17:00
-
Dermatolog birinchi konsultatsiyasi
100 000 so’m -
Dermatolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
100 000 so’m
Shayxontohur tumani, Beruniyshoh ko`chasi, 32
Mo’ljal: «Afsona» savdo markazi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Foydali ma’lumot
Analizlar
Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Diagnostik markazlar
Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari
Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Kasalliklar
Gerpes