
GERMETIK KABINA haqida malumot bilib oling.
GERMETIK KABINA — kosmik kema (K. K.)ning ekipaj, kemani boshqarish pulti joylashgan boʻlmasi; K K ning qoʻndiriluvchi apparati. Germetik kabina ekipajni kosmik vakuumdan ajratib qoʻyish (izolyatsiya qilish) dan tashqari galaktik va Quyosh radiatsiyasidan, meteor zarrachalarning hamda tashki muhitning t-rasidan ham himoya qiladi. Uzoq mudsatli kosmik uchishlarda kosmonavtlarning ish qobiliyatini saqlash uchun Germetik kabinada yerdagi yashash va ishlash sharoiti (havo muhiti va gigiyenik muhit) yaratiladi. Hoz. KK larda kislorod va azotning meʼyordagi aralashmasi 0,0975—0,1 MPa bosimda, nisbiy namligi 45-60%, t-rasi esa 18-2 G da ushlab turiladi. Germetik kabina germetiklik (zich berklik)ning buzilish hollarida kosmonavtlarning foydalanishi uchun himoya skafandrlari koʻzda tutiladi.
Ensiklopediya.uz
GERMETIK KABINA