GERMANIYA-ITALIYA SHARTNOMASI haqida malumot bilib oling.
GERMANIYA-ITALIYA SHARTNOMASI — fashistlar Germaniyasi bilan Italiya siyosiy va harbiy hamkorligi toʻgʻrisidagi pakt. 1939-y. 22-mayda Berlin sh. da 10 yil muddatga tuzilgan. G.-I. sh. har ikkala davlatning harbiysiyosiy blok tuzish ishini nihoyasiga yetkazdi. U «Berlinrim oʻqi»ni tuzish haqidagi 1936-y. bitimining davomi, 1939—45 y. lardagi 2-jahon urushini boshlashga harbiydiplomatik jihatdan hozirlik koʻrishning muhim bosqichi boʻldi. 1940-y. iyunda Italiya Germaniya tomonida boʻlib urushga kirdi.
Ensiklopediya.uz
GERMANIYA-ITALIYA SHARTNOMASI