
GERMANII haqida malumot bilib oling.
GERMANII (lot. Germanium) , Ge — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; at. m. 72,59. Barqaror izotoplari beshta: 7»Ge (20,52%), 72Ge (24,43%), 73Ge(7,76%), 74Ge(36,54%) va 76Ge(7,76%). G. ning juda koʻp sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Germanii mavjudligini 1871-y. da D. I. Mendeleyev oldindan aytdi; uni «ekasilitsiy» deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1886-y. da nemis kimyogari K. Vinkler argirodit nomli mineral tarkibida oʻsha vaqtda maʼlum boʻlmagan element borligini topdi va unga vatani — Germaniya sharafiga Germanii deb nom berdi. Germanii tarqoq element. Yer poʻstida ogʻirlik jihatidan 7-10~4* ni tashkil qiladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Qushimchalar holida temir, pyx, nikel-volfram rudalarida, toshkoʻmir, torf, neftda, termal suvlarda, suv oʻtlarida va silikatlar tarkibida boʻladi. Asosiy minerallari: germanit (6,2-10,2%), argirodit (3,65-6,93%), reniyerit (5,46-7.80%) va plyumbogermanit (8,18%). Erkin Germanii kulrang tusli metall; zichligi 5,33 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 938,25°, qaynash t-rasi 2850°. Olmos tipida kristallanadi. Atom radiusi 1,39 A. G. moʻrt, uni mexanik ishlash qiyin. Germanii tipik yarimoʻtkazgich. Havoda barqaror; choʻgʻ holatigacha qizdirilganida oksidlanib GeO2 ga aylanadi. Germaniiga suyultirilgan xlorid va sulfat kislota taʼsir etmaydi. Nitrat kislota G. ni GeO2 ga qadar oksidlaydi. Germanii oʻz birikmalarida +2 va +4 valentli boʻladi. 500—700° gacha qizdirilganda GeO va GeO2 gacha oksidlanadi. Germaniy (1U)-oksid GeO2 — kristall holdagi oq modda. 1035° gacha tetragonal panjarali a-GeO2 holatda turgʻun. Suyuklanish t-rasi 1086°, zichligi 6,277 g/sm3. 10,35° dan yuqorida a=GeO2 geksagonal panjarali, zichligi 4,280 g/ sm3 boʻlgan 3-GeO2 ga aylanadi. Germaniy (1U)-oksid Germanii olishda oraliq mahsulot; maxsus shishalar, sirlar, emallar, optik tolalar i. ch. da, muxim Germanii birikmalari, germanatlar va b. olishda ishlatiladi.
Germanii oltingugurt bilan 600-700°da GeS, 10001100° da GeS2, selen bilan 500° da GeSe hosil qiladi. Galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishib, tetragalogenidlar beradi. Azot, kremniy, vodorod, uglerod bilan bevosita birikmaydi. Germanii va uning birikmalari yarimoʻtkazgich materiallar, turli xil diodlar, tranzistorlar, detektorlar, termoelektrik va termoemission materiallar, zargarlik mahsulotlari va maxsus krplamalar tayyorlashda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
GERMANII