GERBART haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERBART haqida malumot bilib oling.

GERBART (Herbart) Iogann Fridrix (1776.4.5, Oldenburg – 1841.14.8, Gyottingen) — nemis faylasufi, psixologi, pedagogi. Plyuralizm namoyandasi. Uning fikricha, dunyo oʻzgarmas eng oddiy mohiyatlar — «reallar» dan tuzilgan. Gerbart assotsiativ psixologiya tarafdorlaridan. Gerbart talqinida falsafa — tushunchalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. U bolalar tarbiyasi jarayonini 3 qismga boʻladi: bolalarni boshqarish, tarbiyaviy taʼlim va axloqiy tarbiya. Uning pedagogik karashlarida tarbiyaviy taʼlim asosiy oʻrinni egallaydi. Psixologiyani metafizika, tajriba va mat. ga asoslangan sistematik fan deb hisoblagan. U mavhum tafakkur, hissiy faoliyat, iroda kabi muammolarning psixologik jihatlarini tadqiq etdi. Toʻrt bosqich (aniqlik, assotsiatsiya, tizim, uslub)li taʼlim nazariyasini ilgari surgan. Formal estetika deb atalmish fan asoschisi (goʻzallik manbai — simmetriya, mutanosiblik, marom (ritm) va b.).

Ensiklopediya.uz
GERBART