GERAKLIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERAKLIY haqida malumot bilib oling.

GERAKLIY — Bospor podsholiginiit Azov dengizi boʻylarida joylashgan shahri. Yunon geograflari Strabon, Ptolemey asarlarida qayd etilgan. Koʻpchilik olimlarning fikricha, Gerakliyning qoldiqlari Kazantip burnidagi (hoz. Qrim ya. o. ning Misovo qishlogʻi yaqinida) shahar xarobasi oʻrnida boʻlgan. Qazishmalar natijasida milodning dastlabki asrlariga oid imoratlar qoldiqlari va yongʻin qatlami ochilgan. Aftidan Gerakliy taxm. 270-y. da gotlar tomonidan vayron etilgan.

Ensiklopediya.uz
GERAKLIY