
GERA haqida malumot bilib oling.
GERA — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Vayse-Elster daryosi sohilida. Aholisi 128 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (jun gazlama toʻqishning qad. markazi), mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Poyabzal, rezina, mebel, oziq-ovqat korxonalari, pianino f-kasi, teatr, botanika bogʻi, konchilik in-ti bor.
13—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqdangan. Shaharga 995-y. da asos solingan.
Ensiklopediya.uz
GERA