GEPIDLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEPIDLAR haqida malumot bilib oling.

GEPIDLAR (lot. Gepidae) — gotlartya qardosh boʻlgan german qabilalari guruhi. 2-a. da Skandinaviyadan Boltiq dengizining sharqiy sohiliga koʻchib oʻtishgan. 2-a. ning oxirida gotlar ortidan jan.-sharqqa qarab siljishgan. 4-a. ning oxirida gunnlarning qabilalar ittifoqiga kirgan. 6-a. ning 2-yarmida langobardlar va avarlarnint birlashgan kuchlari tomonidan boʻysundirilgan. Gepidlarning qolganlari 9-a. da venger elatining shakllanishida qatnashgan.

Ensiklopediya.uz
GEPIDLAR