Gepatit B — turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish

Gepatit B — turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish

Gepatit B kasalligi faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan odamlar gepatit B kasalligidan butkul sog’ayib ketadi va o’zlarida ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitet shakllantirishadi.

svg%3EGepatit B virusi
Gepatit B virusi

Gepatit B nima?

Gepatit B — bu virusli kasallik bo’lib, virus organizmga tushganda hayotiy zarur bo’lgan ichki organlarga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Ushbu kasallik tufayli eng ko’p jigar shikastlanadi, uning shikastlanishi mikro-hujayrali darajada bo’ladi. Gepatit B alomatlarsiz kechishi yoki aniq belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Surunkali bosqichiga o’tganda, ushbu virusli infektsiya ko’pincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi.

Dunyoning barcha mamlakatlarida ko’p yillar davomida ushbu kasallik statistikasi olib borilmoqda, natijalari esa maxsus ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi:

  • Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlangan o’tkir gepatit B 90% hollarda surunkali bosqichga o’tadi;
  • Normal immunitetli yoshlarda gepatit B ning o’tkir shakli juda kamdan-kam hollarda surunkali bosqichga o’tadi — faqat 1% hollarda;
  • Katta yoshdagi kishilarda aniqlangan o’tkir B guruh gepatitlari 10% hollarda surunkali bosqichga o’tadi.

B guruh gepatitiga qarshi emlash olgan kishilar ushbu kasallik uchun immunitet rivojlantiradilar:

  • Birinchi emlashdan so’ng — bemorlarning 50% ida;
  • Ikkinchi emlashdan so’ng — bemorlarning 75% ida;
  • Uchinchi vaktsinani kiritgandan so’ng — 100% bemorlarda.

Gepatit B kasalligining surunkali shakli bolalarda tashxislanadi:

  • 1 — 5 yoshli bolalarda — 25% -50% hollarda;
  • Tug’ilish davrida infektsiyalangan chaqaloqlarda — 90% hollarda.

Gepatitning B ning turlari

B guruh gepatiti quyidagicha tasniflanadi:

Yashin tezligida. Gepatitning eng tezkor shaklida bemorlarda bir necha soat ichida miya shishishi yuz beradi va bemor komaga tushadi. Ko’p hollarda, bemorlarning hayoti ushbu turdagi gepatit klinik bosqichga o’tganda qisqa muddat ichida fojiali yakun topadi.

O’tkir. Gepatit B ning o’tkir shaklida bemorlarda ushbu kasallikning bir necha bosqichlari kuzatiladi. Dastlab, asosiy alomatlar namoyon bo’ladi, undan keyin bemorlarning terisi sariq rangga kiradi. Gepatitning B o’tkir shaklining so’nggi bosqichi jigar yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi.

Surunkali. Gepatit B virus inson tanasiga kirgandan so’ng 1-6 oy o’tib surunkali bosqichga o’tadi. Ushbu bir necha oy virusning inkubatsiya davri bo’lib, undan so’ng o’ziga xos alomatlar va belgilar paydo bo’la boshaydi.

Gepatit B ning namoyon bo’lishi

Virus bemorning tanasiga kirganidan so’ng, gepatitning inkubatsiya davri boshlanadi, bu o’rtacha 15 dan 90 kun davom etadi, lekin 6 oygacha cho’zilishi mumkin.

Gepatitning o’tkir shakli quyidagicha kechishi mumkin:

  • O’tkirlashish bosqichi;
  • Uzoq muddatli kasallik;
  • Retsidivlar;
  • Kamdan kam hollarda — koma.

Gepatit B nimasi bilan xavfli?

Gepatit B kech bosqichlarda tashxis qo’yilgan bo’lsa yoki kasallik o’z vaqtida davolanmagan bo’lsa, natijasi aniq: jigar sirozzi yoki gepatotsellyulyar saraton.

Bunday toifadagi bemorlar, shuningdek, gepatit B ning boshqa jiddiy oqibatlariga bilan to’qnashishi mumkin:

  • Miokardit (yurak muskullarining yallig’lanishi);
  • Artrit, artroz va boshqa bo’g’im kasalliklari;
  • Qon tomirlari va buyrak kasalliklari va boshqalar.

Bunday asoratlar oqibatida o’limga olib keladigan xavf sezilarli darajada oshadi.

Hozirgi vaqtda davlat darajasida gepatit B ga qarshi majburiy emlashga muhtoj insonlar toifasi ro’yxati tasdiqlangan:

  • Maktab o’quvchilari va talabalar;
  • Bolalar bog’chalari o’quvchilari;
  • Bemorlarning biologik materiallari bilan aloqa qilishlari mumkin bo’lgan sog’liqni saqlash xodimlari;
  • Gemodializga muhtoj bemorlar;
  • Vena ichiga inyeksiyaga muhtoj bemorlar;
  • Ozodlikdan mahrum qilish joylarida hukm o’tayotgan shaxslar;
  • Gepatitning surunkali shaklidan aziyat chekayotgan bemorning olia a’zolari va yaqinlari;
  • Tartibsiz jinsiy aloqa qiladigan odamlar;
  • Bu kasallikning epidemiyasi qayd etilgan aholi punktlariga safarlarni rejalashtirgan sayyohlar.

Gepatit B sabablari

B guruh gepatiti rivojlanishining sababi bu kasallik qo’zg’atuvchisi — virusning inson organizmiga kirishidir. Kasallik ayniqsa bir qator salbiy omillar (alkogol, nikotin, kimyoviy va zaharli moddalar, dorilar) ta’sirida zaiflashgan immunitetli kishilarda ko’p uchraydi. Immunitetga shuningdek boshqa kasalliklar ham ta’sir qiladi, bu tanadagi metabolik buzilishlar, vitamin va minerallarning yetishmasligi tufayli yuz beradi.

Gepatit B bilan og’rigan insonlar ijtimoiy izolyatsiyada bo’lmasligi kerak, chunki bu virus havo-tomchi yo’llari orqali yuqmaydi. Kasal odam bilan aloqada bo’lgan har qanday kishi zarur choralarni va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerak. Ko’p yillar butun dunyo bo’ylab olib borilgan tadqiqotlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu kasallikning kechishi bemorning qanday infektsiyalanganligiga, shuningdek, uning yoshiga bog’liq. Agar bemor gepatit B bilan tabiiy yo’l (masalan jinsiy aloqa paytida) orqali zararlangan bo’lsa, bu holatda kasallik surunkali bosqichga o’tishi xavfi yuqori bo’ladi. Gepatitning bu shakli ko’pincha yoshlarda paydo bo’ladi, chunki ular sog’lig’iga jiddiy e’tibor bermaydilar va organizmning tashvishli signallariga javob choralari ko’rmaydilar.

Gepatit B qanday yuqadi?

Gepatit B virusi inson organizmiga faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali kirishi mumkin:

  • Jinsiy yo’l orqali. Gepatit B virusi nafaqat qonda, balki organizmning barcha suyuqliklarida (shu qatorda qin ajralmalari va erkak spermasida) mavjud, shuning uchun himoyalanmagan jinsiy aloqa kasallik yuqishi xavfini oshiradi;
  • So’lak orqali, chuqur o’pishish bilan. Agar kishi tilida kesilgan yoki jarohatlangan sohalar bo’lsa, kishi o’pishganda gepatit B virusini yuqtirib olishi mumkin;
  • Qon orqali. Bu infeksiyaning eng keng tarqalgan yo’llaridan biri hisoblanadi. Ko’p bemorlar gepatit B bilan nosteril shpritslar ishlatish va qon quyish orqali kasallanganlar. Bemorning infektsiyalangan biologik materiali bilan aloqa qilish tegishli sanitariya choralari o’tkazilmaydigan go’zallik salonlarida yuqishi ham mumkin.
  • Tug’ruq jarayonida, agar ona gepatit B tashuvchisi bo’lsa. Bemor ayollarda homiladorlik asoratlarsiz kechishiga qaramay, tug’ruq paytida bola onaning biologik materiallari bilan bevosita aloqada bo’ladi va shuning uchun yuqori ehtimollik bilan kasallanishi mumkin. Ushbu kasallikning rivojlanishining oldini olish uchun gepatit B bilan kasallangan onadan tug’ilgan chaqaloqlar tug’ilgandan so’ng darhol emlanadilar.

Gepatit B virusi agressiv harorat rejimlari, kislotalar va ishqorlar sharoitida yuqori chidamlilikka ega. Virus uzoq vaqt davomida qurib qolgan qonda saqlanishi mumkin, bu esa asbob-uskunalar, ham tibbiy, ham manikyur, ham sartarosh asboblaridir. Shu sababli, har bir inson juda ehtiyotkor bo’lishi va tegishli muassasalarga tashrif buyurganda, xavfsizligi uchun barcha zarur choralarni ko’rishi juda muhimdir.

Gepatit B ning alomatlari va belgilari

Gepatit B bilan og’rigan bemorlarning ko’pchiligida uzoq vaqt bu kasallikning alomatlari kuzatilmaydi. Virusni faqat tibbiy ko’rik yoki homiladorlik uchun ro’yxatga olish uchun zarur bo’lgan laboratoriya qon tahlillari o’tkazilishida aniqlash mumkin. Bunday hollarda maxsus tahlil — «avstraliyalik antigenni» aniqlash uchun qon tahlili amalga oshiriladi.

Inson organizmida rivojlanayotgan gepatit B tashqi belgilarni namoyon qilganda bemorlarda quyidagi alomatlar kuzatilishi mumkin:

  • Ko’ngil aynishi;
  • Bosh aylanishi;
  • Charchoq;
  • Rinit;
  • Tana haroratining ko’tarilishi (odatda harorat 39-40 °C ga yetadi);
  • Yo’tal;
  • Umumiy zaiflik;
  • Burun-halqumdagi og’riq hissi;
  • Kuchli bosh og’riqlari;
  • Teri rangining o’zgarishi (sariqlik);
  • Shilliq qavat, ko’z skleralari, kaftlarning sarg’ayishi;
  • Siydik rangining o’zgarishi (u ko’pira boshlaydi, rangi qora pivo yoki achchiq choy rangiga o’xshaydi);
  • Bo’g’imlardagi og’riq sindromi;
  • Ishtahani yo’qolishi;
  • Axlatning rangi o’zgaradi (rangsizlanadi, oqimtir tus oladi);
  • O’ng qovurg’a ostidagi og’irlik;
  • Varaja.

Gepatit B surunkali bosqichga o’tganda bemorlarda asosiy simptomlarga qo’shimcha ravishda organizmning zaharlanishiga olib keladigan jigar yetishmovchiligi belgilari ham kuzatiladi. Agar kasallikning ushbu bosqichida bemor to’liq davolanmasa, kasallik markaziy asab tizimining zararlanishiga olib keladi.

Gepatit B ga qarshi emlash

svg%3EGepatit B ga qarshi emlash

Gepatit B bilan kasallanishni oldini olish uchun odamlarga o’z vaqtida vaktsina olish tavsiya etiladi. Maxsus ishlab chiqilgan emlash ma’lum bir harorat sharoitida saqlanishi kerak. B guruhi gepatitiga qarshi emlash faqat mushak ichiga kiritiladi. Emlash paytida inyektsiya teri ostiga yuborilgan bo’lsa, u hisobga olinmaydi va bemorga qayta inyektsiya qilish kerak.

Vaktsinani barcha odamlar olmaydi, chunki ba’zi bir qarshi ko’rsatmalar mavjud. Vaktsinani qo’llash kerak emas:

  • Oziq-ovqatga allergiyasi bo’lgan odamlar (pivo, kvas va tarkibida xamirturush bo’lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga);
  • Homilador ayollar;
  • Emizikli onalar;
  • Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar.

Bugungi kunga kelib, gepatit B ga qarshi emlash uchun ikkita sxema mavjud:

  • Standart (0 — 1 oy — 6 oy). Birinchi inyektsiya tanlangan kunda bemorga qilinadi. Bir oydan keyin ikkinchi bor emlash amalga oshiriladi. Uchinchi bor inyektsiya birinchi vaksinaning kiritilishidan 6 oy o’tgach amalga oshiriladi.
  • Alternativ (0 — 1 oy — 2 oy). Birinchi emlash tanlangan kun, ikkinchi marotaba 1 oy o’tgach, uchinchisi esa ikki oydan keyin amalga oshiriladi. Ushbu sxema bo’yicha emlashni amalga oshirilganda revaktsinatsiya dastlabki emlash paytidan boshlab 1 yil o’tgach amalga oshiriladi. Revaktsinatsiya bemorlarning muayyan toifasiga — buyraklar yoki immunitet tizimi bilan bog’liq muammolar bo’lgan kishilarga buyuriladi.

Gepatitga qarshi emlashdan so’ng nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin. Ko’pgina hollarda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan organizmning reaktsiyalari kuzatiladi:

  • Vaksinani qo’llash sohasidagi terining qizarishi;
  • Vaksinatsiya joyida kichik o’lchamdagi zichlanish;
  • Harakat paytida yengil noqulaylik;
  • Yengil harorat ko’tarilishi;
  • Donachalar yoki toshma toshishi (qisqa vaqtdan keyin mustaqil ravishda o’tib ketadi);
  • Shamollash belgilari;
  • Mushaklarda yoki bo’g’inlarda og’riq sindromini rivojlanishi.

Vaktsinani kiritishdan oldin, sog’liqni saqlash xodimi vaktsina yaroqlik muddatini tekshirib ko’rishi va bemorning yoshiga to’g’ri keladigan dozani yuborishi kerak. Barcha zamonaviy «Gepatit B» vaktsinalari o’zaro almashtirilsa bo’ladi. Buning natijasida, birinchi inyeksiyadan so’ng keyingi ikki emlash uchun boshqa kompaniya vaktsinalaridan foydalanish mumkin.

Emlash shuningdek profilaktik maqsadlarda bemorni infektsiyalanganligi ehtimoli mavjud bo’lgan hollarda ham amalga oshirilishi mumkin. Gepatit B bilan kasallangan bemorning biologik materiallari bilan har qanday aloqa qilgandan so’ng, vaktsina bilan birga immunoglobulin (bu preparat virusga chidamli tayyor antitanalardan iborat) yuborilishi kerak. Bemorlarning ushbu toifasi alternativ sxema bo’yicha emlanadi: 0 — 1 oy — 2 oy — 1 yil.

Gepatit B ni tashxislash

Agar biror kishi gepatit B rivojlanishini ko’rsatadigan alomatlarni aniqlasa yoki ushbu kasallik bilan kasallangan bo’lishi mumkinligiga asos bo’lsa, u darhol tibbiy muassasaga tashrif buyurishi kerak. Qabul vaqtida mutaxassis jigarni palpatsiya yordamida tekshirish va kasallik anamnezini yig’ish bilan birlamchi tashxis qo’yadi. Birlamchi tashxisni tasdiqlash yoki rad etishga qon va siydikning laborator tahlillari yordam beradi.

svg%3ETashxislash

Barcha shunga o’xshash holatlarda bemorga quyidagilarga yo’llanma beriladi:

  • Klinik va biokimyoviy qon tekshiruvlari (jigar bilan bog’liq muammolarni yuqori bilirubin, AST yoki ALT miqdori ko’rsatishi mumkin);
  • Umumiy siydik tahlili;
  • Gepatit B virusining antigenini aniqlaydigan qon tekshiruvi;
  • IgG va IgM antitanalari uchun qon tahlili.

Ko’pincha, gepatit B kasalligi ehtimoli mavjud bo’lgan bemorlar immunogramma deb ataladigan klinik-laborator tekshiruvdan o’tkaziladi, buning natijasida nafaqat organizmning bu kasallikka qanday munosabatda bo’lishini o’rganish, balki yaqin kelajakda kasallik o’zinin qanday tutishini ham aniqlash ham mumkin. Ushbu yuqumli virusli kasallikning genetik materiallarini aniqlash va replikatsiya tezligini o’rganish uchun shifokor qo’shimcha analiz — PZR ni belgilashi mumkin. Kasallik og’ri kechayotgan bo’lsa, shifokor gepatit B fonida rivojlanayotgan asoratlardan shubha qilsa, bemorlarda jigar biopsiyasi qilinadi. Ushbu tahlil yordamida jigar tuzilishi qanchalik o’zgarganligi va uning hujayralari saratoni mavjudligi aniqlanadi.

Gepatit B ni davolash

O’tkir gepatit B yengil shaklda bo’lsa, bemor uy sharoitida davolanishi mumkin. Birinchidan, tanani detoksikatsiyasini (zaharlardan holi qilish) amalga oshirish kerak, buning uchun ko’p miqdorda toza suvdan foydalaniladi.

Davolovchi shifokor bemorga dorilarni buyuradi, bu infektsiyani yo’q qilishga va jigar faoliyatini tiklashga yordam beradi. Davolanish vaqtida bemorlar yotoqda tartibida bo’lishlari va har qanday jismoniy zo’riqishlarni istisno qilishlari kerak. Majburiy ravishda bemorlar parhezga amal qilishlari kerak, bu orqali jigarni tiklash jarayoni tezroq kechadi.

Ko’pgina bemorlarda o’tkir gepatit B mustaqil ravishda o’tib ketadi, shuning uchun ularga maxsus dori-darmonli davolash kursi buyurilmaydi. Shifokorlar bemorni virusli infektsiyani bartaraf etishga yordam yordam beradigan qo’llab-quvvatlovchi davolashni tavsiya etishlari mumkin. Kasallik rivojlanishida kasalning organizmida qattiq intoksikatsiya kuzatilgan bo’lsa, davolovchi shifokor tomchilatib yuborish usuli bilan tomir ichiga kiritiladigan maxsus eritmalar tayinlaydi. Gemodezli tomchilar orqali toksinlar qondan tezroq chiqarib tashlanadi va bemoningr umumiy sog’ligi yaxshilanadi.

Gepatit B ni surunkali bosqichga o’tishi bilan bemorlarga kompleks davolash buyuriladi:

  • Antivirus ta’sirga ega preparatlar (adefovir, lamevudin va boshqalar);
  • Jigar sklerozining rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin bo’lgan preparatlar (interferonlar);
  • Immunomodulyatorlar, bunda bemorning tanasida immunitet reaktsiyalari normallashadi;
  • Gepatoprotektorlar, ularning vazifasi hujayra darajasida jigarning gepatit B virusiga qarshiligini ko’paytirishdan iborat;
  • Maxsus vitamin va mineral komplekslar.

Ushbu toifadagi bemorlarga kuniga ko’p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi, bu orqali detoksikatsiyaga erishiladi.

Surunkali B guruh gepatit rivojlanishning bir necha bosqichlariga mavjud va ular davriy kechadi:

  • Replikatsiya — bu bosqichda virus bemorning tanasida faol ko’payib boradi;
  • Remissiya — bu bosqichda virus o’z DNK sini gepatotsit (jigar hujayrasi) genomiga kiritishni boshlaydi.

Dori-darmonlar bilan davolashdan ijobiy natija olish uchun shifokor asosiy tibbiy tadbirlarni aynan replikatsiya bosqichida amalga oshirishi juda muhim. Kasallikning fazasini to’g’ri aniqlash uchun bemorni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazish kerak. Qonning serologik tahlillari tufayli mutaxassis surunkali gepatitning rivojlanish bosqichini aniqlik bilan topadi.

Ba’zi hollarda, gepatit B dan muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda virusning antigeni ko’p yillar davomida qonda saqlanib qoladi. Bunday toifadagi odamlar ushbu infektsiyaning tashuvchisi bo’lib, ular muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak.

Gepatit B kasalligi tashxisi qo’yilgan bemorlar uchun kasallikning quyidagi rivojlanishi variantlari mavjud:

  • Kishi kompleks terapiyadan o’tib, virusli infeksiyadan butunlay xalos bo’ladi, bu kasallikka qarshi mustahkam immunitetni qo’lga kiritadi;
  • Bemorda o’tkir gepatit B shakli surunkali bosqichga o’tadi, bu organizm uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin;
  • Davolanishdan so’ng bemor, o’nlab yillar davomida unga bezovtalik tug’dirmaydigan gepatit B antigenining (HBsAg) tashuvchisi bo’ladi. 20 yilgacha bu virus bemorning qonida klinik ko’rinishlarsiz mavjud bo’lishi mumkin;
  • Tibbiy muassasaga o’z vaqtida murojaat qilmagan bemorlarda jigar sirozi yoki jigar saratoni rivojlanadi, bu shoshilinch jarrohlik aralashuvini talab qiladi. Bemorlarning bunday toifasi uchun o’lim ko’rsatkichi sezilarli darajada oshadi.

Davolash kursini o’tab bo’lganidan so’ng, har bir bemor bir necha yillar mobaynida davolashni o’tagan tibbiy muassasada ro’yxatda turadi. Har qanday asorat yuzaga kelishini istisno qilish uchun bemorlar muntazam profilaktik choralar ko’rishlari, shuningdek parhez va turmush tarziga e’tibor berishlari kerak.

Gepatit B da parhez

Gepatit B jigarga salbiy ta’sir ko’rsatadigan kasallikdir. Infektsiya va yallig’lanish jarayonlari natijasida bu muhim organ hujayraviy darajasida shikastlanadi. Davolash paytida jigar faoliyatini osonlashtirish uchun bemor parhezli oziqlanishga amal qilishi kerak. Mutaxassislar bemorlarga maxsus tayyorlangan parhez dasturini qo’llashni tavsiya qiladi.

Avvalo, kishi kundalik oziq-ovqat ratsionini teng ravishda 5-6 ta qismga ajratishi kerak. Davolanish davomida ko’pincha zararli oziq-ovqat va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan birga kechadigan ommaviy bayramlarda ishtirok etish qat’iyan taqiqlanadi. Kechqurun bemor ovqat hazm qilish tizimiga kuchli ta’sir ko’rsatmaydigab yengil ovqatlar qabul qilishi kerak.

Gepatit B bilan kasallangan bemorlar kundalik ratsionidan quyidagi mahsulotlarni chiqarib tashlashlari kerak:

  • Achchiq ovqatlar va ziravorlar;
  • Dudlangan va tuzlangan mahsulotlar;
  • Ko’p miqdorda efir moylari mavjud bo’lgan sabzavotlar;
  • Spirtli va gazlangan ichimliklar;
  • Yaxna ichimliklar va muzqaymoq;
  • Yog’li go’sht va baliq turlari;
  • Suvda suzuvchi parrandalar go’shti;
  • Tarkibida xolesterin yuqori bo’lgan ovqatlar.

Bemorlarga kundalik ratsionga quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi:

  • Yormalar, ayniqsa suli yormasi;
  • Sut mahsulotlari;
  • Soya, zaytun va o’simlik moyi;
  • Tovuq tuxumining oqi;
  • Go’sht va baliqning kam yog’li navlari.

Mahsulotlarni bug’da tayyorlash kerak, chunki bunday ishlov berishda mahsulot maksimal foydali moddalarni saqlab qoladi. Kundalik ratsionda 3500 kkal (100 gramm oqsil, 100 gramm yog ‘, 450 gramm uglevod) bo’lishi kerak.

Gepatit B ning asoratlari

Gepatitning og’ir kechishida bemorlarda turli xil asoratlar rivojlanishi mumkin:

  • Miyaning yallig’lanishi;
  • Ko’pgina bemorlarda jigar ensefalopatiyasi kuzatiladi. Bemor bezovtalik, gallyutsinatsiya, qo’rquvni boshdan kechiradi. Vaqt o’tishi bilan asab tizimining vazifalari buziladi, natijada ahvolning yomonlashuvi, uyquning buzilishlari va boshqalar kuzatiladi. Ensefalopatiyaning so’nggi bosqichida bemor komaga tushishi mumkin.
  • Jigar yoki nafas olish yetishmovchiligi;
  • Jigar sirozi yoki gepatotsellyulyar saraton.

Gepatit B bilan bilan og’rigan bemorlarni ushbu kasallikning o’tkir yoki surunkali davrga o’tishiga yo’l qo’ymaslik uchun o’z vaqtida davolanishlari kerak. Kasallikning rivojlanishi bemorlarning o’rtacha umr ko’rish darajasiga bog’liq bo’ladi.

Gepatit B ni profilaktikasi

Gepatit B ni oldini olish uchun oddiy qoidalarga rioya qilish kerak:

  • Kundalik shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling (ayniqsa, ko’p odamlar bilan, shuningdek, pul va umumiy foydalanish ob’ektlari bilan aloqa qilishdan keyin qo’lingizni yuvish juda muhimdir);
  • Pala-partish jinsiy aloqa qilishdan saqlaning va aloqaga kirganda ushbu kasallik bilan kasallanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradigan prezervativlardan foydalaning;
  • Gepatit B ga qarshi o’z vaqtida vaktsina qabul qiling;
  • Manikyur salonlarni, go’zallik salonlariga tashrif buyurganda ishchilar tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilishiga e’tibor bering;
  • Muntazam ravishda rivojlanishning dastlabki bosqichida virusni aniqlashga qodir bo’lgan uchun qon tahlillarini topshirish;
  • Boshqalar qoni yoki boshqa biologik materiallar bilan aloqalar qilmaslik;
  • Sog’lom turmush tarzini saqlash;
  • Spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish;
  • Immunitetni kuchaytirish;
  • Vitamin va mineral komplekslarni qabul qiling;
  • Sport bilan shug’ullaning;
  • Toza havoda sayr qiling;
  • Har kuni iloji bo’lsa xonani shamollating.

Agar biror kishi gepatit B kasaliga chalingan bemor bilan yaqin aloqada bo’lgan bo’lsa, u mutaxassislar kasallik rivojlanishini tezkor oldini olish uchun tibbiy muassasaga murojaat qilishlari kerak:

  • Qonda virusni bloklash xususiyatiga ega maxsus preparatni yuborishadi (immunoglobulin);
  • B guruhi gepatitiga qarshi vaktsinani yuborishadi;
  • Muayyan vaqtdan so’ng ikkinchi emlash maxsus sxema bo’yicha amalga oshiriladi.

Kasalliklar
alomatlari, bosqichlari, davolash, Gepatit B — turlari, oldini olish, parhez, tashxislash