Geologiya fanlari universiteti (GFU) 2020 y. 8 iyundagi №PQ-4740-sonli “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezident Qaroriga binoan tashkil topgan.
№PQ-4740-sonli 2020 y. 8 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq GFU quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
- Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashishtirish;
- Geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash, Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yo‘nalishlarini amaliyot bilan real integratsiyasi uchun sharoit yaratish;
- Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish;
- Kadrlar tayyorlash tizimida moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy o‘quv yurtlariga jalb qilish.
GFU — bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasidir.
Bugungi kunda universitetda tarkibida 2 ta fakultet, 7 ta kafedra mavjud bo‘lib, bakalavr yo‘nalishining kunduzgi va sirtqi bo‘limlarining 6 ta taʼlim yo‘nalishi hamda 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Taʼlim va tarbiya kontingentida 1000 dan ortiq talabdan mavjud.
Universitetda 65 nafar professor, 11 nafar doktori, 33 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritadilar.
GFU FAKULTETLARI:
GFU YOTOQXONASI:
Geologiya fanlari universitetida qulayliklari hech bir mehmonxonadan qolishmaydigan 400 ga yaqin o‘rinli talabalar yotoqxonasi mavjud