GEOLOGIK YoSh haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEOLOGIK YoSh haqida malumot bilib oling.

GEOLOGIK YoSh — qandaydir geologik hodisa (togʻ jinslari qatlamlarining hosil boʻlishi, dengizning bosib kirishi, bir turdagi jonzotlarining qirilib ketishi, lavalarning quyulishi, intruziyalarning yorib kirishi va h. k.)dan keyin oʻtgan vaqt. Ming va mln. yillar bilan oʻlchanadi.

Mutlaq va nisbiy Geologik yosh ajratiladi. Mutlaq Geologik yosh — togʻ jinslari yoshining vaqtning mutlaq birligida ifodalanishi; minerallar tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va b.)ning parchalanishini oʻrganish asosida hisoblab chiqiladi. Odatda, mln. yil hisobida oʻlchanadi. Termin shartli ravishda ishlatiladi, chunki olingan raqamlar «mutlaq» emas va eng kam xato ±5% bilan beriladi.

Nisbiy Geologik yosh — togʻjinslarinikesimda bir-biriga nisbatan oʻzaro joylashishiga koʻra aniqlanadi. Kichik burchak b-n enkaygan qatlamlarning ostidagisi qad., oʻstidagisi yosh hisoblanadi. Birbiridan uzoqda joylashgan choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini solishtirib umumiy stratigrafiya shkalasi tuzilgan. Qatlamlarda topilgan toshqotgan hayvonot va oʻsimliklar qodsigʻini tahlil qilib jinslar umumiy shkalaga taqqoslanadi, yaʼni nisbiy Geologik yosh aniqlanadi (yana q. Geoxronologiya).

Ensiklopediya.uz
GEOLOGIK YoSh