GEOKIMYOVIY TOʻSIQLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEOKIMYOVIY TOʻSIQLAR haqida malumot bilib oling.

GEOKIMYOVIY TOʻSIQLAR — Yer poʻstining ayrim uchastkalarida muayyan kimyoviy elementlar migratsiya imkoniyatining keskin kamayish zonalari. Aralashmada ayni vaqtda kimyoviy elementlarning choʻkishi kuzatiladi va ular konsentratsiyasining keskin oshishiga, jumladan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan konlarning vujudga kelishiga olib keladi. Ruda qatlamlarining vujudga kelish omillariga qarab texnogen va tabiiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy Geokimyoviy toʻsiqlar oʻz navbatida fizik-kimyoviy, mexanik, biogeokimyoviy tusikdarga bulinadi. Fizikkimyoviy Geokimyoviy toʻsiqlar ahamiyatli boʻlganligi uchun yaxshi oʻrganilgan. Geokimyoviy toʻsiqlar ruda hosil boʻlish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Foydali qazilma konlarini ishga solishda sunʼiy (texnogen) Geokimyoviy toʻsiqlarni hosil qilishning muhim ahamiyati bor. Bunda Geokimyoviy toʻsiqlar atrof muhitni ifloslanishdan saqlaydi.

Ensiklopediya.uz
GEOKIMYOVIY TOʻSIQLAR