‘ Geografiya – tabiiy fanlar sultoni ‘ nomli tadbir senariysi
“Geografiya – tabiiy fanlar sultonidir” Sentabr – geografiya fani oyligiga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbir “Geografiya – tabiiy fanlar sultonidir” Sentabr – geografiya fani oyligiga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbir L O Y I H A S I Tadbirning maqsadi: o’quvchilarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga o’rgatish, ularda Ona-Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini shakllantirish, tabiatni avaylab asrash hamda uning boyliklaridan oqilona foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuyg’ularini tarbiyalash. Maktab faollar zali bayramona bezatiladi. Geografik ko’rgazmali qurollar, buyuk allomalarning siymolari tushirilgan rasmlar, kompyuter va monitor, magnitofon, tarqatma materiallar. Tadbirni boshlovchilar ochib berishadi. 1-boshlovchi: Buyuk sayyoh-olimlarning kashfiyoti — bu, Yer kurrasin madh etuvchi kuy-bayoti – bu, Zamindagi mavjudotlar hur-hayoti – bu, Sayyoramiz siyrati – geografiya bu. 2-boshlovchi: Bu demakki, jasoratlar majmuasidir, Sayyohlarning tasavvuri, tasviri shudir. Qalbingga beruvchi olam-olam ziyo, nur, Tabiatni o`rgatuvchi geografiya – bu. 1-boshlovchi: Barcha olam sirlari jam bo`lgan bunda, Shoir qalbin zabt etuvchi ilhom ham shunda, Xayollarni tilsimlagan she’rlar ham shunda, Mening ezgu ko`ngil torim geografiya – bu. 2-boshlovchi: Yer yuzining go`zal, nodir tarovatidan, Kurramizning ob-havosi, sahovatidan, Turli-tuman jonzotlari, nabotatidan, Hikoyalar so`zlaguvchi geografiya – bu. 1-boshlovchi: Al-Beruniy, Bobur Mirzo, dono Ulug`bek, Magellan, Kolumb, Frensis Dreyk, Falsafani yaratgan emishlar buyuk, Tabiiy fanlar sultoni, geografiya — bu. 2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va ota-onalar! 1-boshlovchi: Assalomu alaykum bilimga chanqoq aziz o`quvhilar, qadrli tengdoshlar! Sentabr – geografiya fani oyligiga bag`ishlangan “Geografiya – tabiiy fanlar sultonidir” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz! 2-boshlovchi: Eng qiziqarli bo`lgan geografiya fani bayramiga xush kelibsiz! So`z geografiya fani o`qituvchisi Akbarova Lola Asadovnaga (O`qituvchi gapiradi). 1-boshlovchi: Respublikamizning ta’lim tizimidagi o`zgarishlar umumiy o`rta ta’lim maktablari oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. 2-boshlovchi: Bu vazifalar yoshlarni har tomonlama barkamol, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, milliy merosimizni qadrlaydigan qilib tarbiyalashda ilmli ijodkor o`qituvchilardan tinmay izlanishni, fidoyilik ko`rsatishni talab etmoqda. 1-boshlovchi: Bunday buyuk maqsadlarni amalga oshirishda barcha fanlar qatori geografiya fanining ham hissasi katta. Chunki, geografiya fani Yer yuzi tabiati, aholisi va uning xalq xo`jalik faoliyatini o`rganadigan yagona o`quv fanidir. 2-boshlovchi: Ayting-chi? Bu fanning asoschisi kim? 1-boshlovchi: Buni geografiya fanining o`zidan eshitsak! Geografiya fani: (Boshiga “geografiya” fani so`zini taqib olgan o`quvchi sahnaga chiqadi). Qadimda Eratosfen, Atagan fan o`sha men. Yunon-cha so`z “geo” – yer, “Grafo” – yozaman der. O`zbekchga o`girsak, Yerning tasviri demak. Buni barcha o`quvchi, Albatta bilmoq kerak. 2-boshlovchi: Mana geografiya fanining asoschisi bilan ham tanishib oldik. Endi navbatni tadbir ishtirokchilariga bersak. Ular yordamida sizlar geografiya tilida yozilgan she’rlardan tinglab, bahramand bo`lasiz. Marhamat! 1-o`quvchi: Mazmunga boydir ancha,“geografiya” – yunoncha: “Geo” – desak, “yer” o`zi,“grafo” – “yozaman” so`zi. So`zma-so`z o`ylab ko`rsak, o`zbekchaga o`girsak, “Yerning tasviri” demak, lozimdir uni bilmak. 2-o`quvchi: O`rganar Yer tabiatin, xo`jalik, aholisin, Umumbashar hayoti-yu, sayyoram ahvolini. U ikkiga bo`linar, ijtimoiy, tabiiy, Dunyo sirli ko`rinar, yodda saqla doimiy. Qayerda? Nima uchun? Qachon? So`roqqa javob: Xaritani sevsak chin, Yerimiz qiziq kitob. 3-o`quvchi: “Materiklar haqida”. Sayyoramiz uchdan bir qismin egallagan quruqlik, Katta-kichik orollar va oltita materik. Eng baland va eng katta – Yevrosiyo albatta. Ikkinchisi eng issiq: Afrikadir, bu aniq. Keyingisi Shimoliy Amerika bo`ladi, Birinchi bo`lib brogan sayyoh Erik Raudi. To`rtinvhi o`rinda-chi? Janubiy Amerika. Eng sersuv daryosi bor, nomidir Amazonka. Eng sovuq Antarktida beshinchi o`rindadir, Uning joylashgan o`rni janubiy qutbdadir. Eng quruq va eng kichik Avstraliya derlar, “Xaltalilar vatani” deya ta’rif berilar. Materiklar tabiati juda sirli bolalar. Ularni bilish uchun geografiyani o`qinglar. 4-o`quvchi: “Dunyo okeani” haqida. “Dunyo daryosi” derlar, lotincha okeanni, To`rt qismga bo`linar, unga kiradi ya’ni: Eng chuqur va eng katta, Tinch okean albatta, Atlantika ikkinchisi, Hind okean uchinchisi, To`rtinchisiga ketsa so`z, bu okean Shimoliy Muz. Materiklar o`ragan atrofini barini, Yetmish bir foizini egallar Yer sharini. 5-o`quvchi: “Relyef” haqida. Fransuzcha “relyef” asli, “ko`taraman” degani. Yer yuzin barcha shakli, unga kiradi ya’ni: Tog`lar, tekislik va qir, vodiy, tepalik, adir, Botiq, soylik hamda jar misol bo`lar har safar. 6-o`quvchi: “Masshtab” haqida. Xaritada necha martalar Joyning qancha kichrayishining, Atamasin nomidir masshtab. Ey o`quvchi, lozim bilishing. Sinonim so`z bo`ladi “miqyos”. Davomini aniq to`ldiray, Masshtab uch xil, sizga bildiray: Biri chiziqli, ikkinchisi sonli, Uchinchisi atalur nomli. Rejada ham bo`lar jamuljam, O`zlashtiring uni mustahkam. 7-o`quvchi: O`qiyman, sayyoram eh, buncha sirli, Dunyoning ilmi ko`p – rang-barang, turli. Ustozlar o`giti yo`limda nurli, Eng qiziq fan do`stlar, geografiya. 8-o`quvchi: Xarita ko`zimga ehtirosli nur, Yurtim tabiati jonimga huzur, Ishtiyoq qalbimda shiddatli va zo`r, Eng qiziq fan do`stlar, geografiya. 9-o`quvchi: Olis o`lkalarga chorlar tuyg`ular, Kitobda ajoyib tilsimli ular, Ma’rifat Vatanning baxt-bog`I bo`lar, Eng qiziq fan do`stlar, geografiya. 10-o`quvchi:Orzuim bu fanni dildan o`rganish, Jahonning ilmini mukammal bilish, She’rimda kuyladim, tuzdim qofiya, Eng qiziq fan do`stlar, geografiya. 1-boshlovchi: Yuqorida aytilgan she’rlarni tinglab, bu fan haqida juda ko`p ma’lumotlarga ega bo`ldik. Ayting-chi, Eratosfendan tashqari yana kimlar bu fanning rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganlar? 2-boshlovchi: Bu haqda bilishni istasangiz, navbatni “Tarixiy ma’lumotlar” sahifasiga beramiz! 1-o`quvchi: Miloddan oldingi VI asrda yunon olimi Pifagor “Yer shar shaklida” degan. 2-o`quvchi: Miloddan oldingi IV asrda yunon olimi Aristotel Yerning shar shaklida ekanligini isbotladi. 3-o`quvchi: Miloddan oldingi III asrda yunon olimi Gipparx xaritadagi daraja to`rini asoslab berdi. 4-o`quvchi: Miloddan oldingi II asrda yunon olimi Krates birinchi globusni yasadi. 5-o`quvchi: Miloddan oldingi I asrda italiyalik Pomponiy Mela birinchi dunyo xaritasini tuzdi. 6-o`quvchi: Milodning ikkinchi asrida Ptolomey 8 jildli “Geografiyadan qo`llanma” asarini yozdi. 7-o`quvchi: 1271-1295 – yillarda italiyalik Marko Polo Mo`g`uliston, Xitoy, Hindistonga safar qilgan va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 8-o`quvchi: 1324-1353 – yillarda arab olimi Ibn Battuta Sharq mamlakatlari va Afrika bo`ylab 29 yil sayohat qilgan va bu fanga oid ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 9-o`quvchi: 1492-yilda Xristofor Kolumb Amerikani rasman kashf etgan. 10-o`quvchi: 1595-yilda gollandiyalik olim Merkator birinchi bo`lib geografik atlasni yaratdi. 1-boshlovchi: Demak, bu fan juda qadimiy fanlardan biri ekan-da?! 2-boshlovchi: To`g`ri topdingiz, bunday qiziqarli ma’lumotlar ko`p, barchasini aytib berishga vaqt yetishmaydi. Qolgan ma’lumotlarni geografiya darslarida bilib olamiz! 1-boshlovchi: Endi musiqiy tanaffus e’lon qilamiz.(Bir guruh qizlar raqsga tushadilar). 2-boshlovchi: Keling, endi o`quvchilarimizning geografiya fani bo`yicha bilimlarini sinab ko`ramiz. Sahnaga 5 ta o`quvchini taklif qilamiz, marxamat! (Geografiya fani o`qituvchisi sahnaga chiqqanlarga geografik topishmoqlar beradi va g`olibni aniqlaydi). 1-boshlovchi: Mana topishmoq-savollar bo`yicha g`olib o`quvchini ham aniqlab oldik, tabriklaymiz! Keling endi O`rta Osiyoda, shu jumladan O`zbekistonda geografiya faniga qachon asos solinganligi, uning asoschisi kim ekanligi va qaysi buyuk allomalar bu fanning rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganliklari haqida mehmonlar va tengdoshlarimizga so`zlab bersak, nima deysiz? 2-boshlovchi: Juda to`g`ri aytdingiz. Demak, O`rta Osiyo geografiya fani asoschisi buyuk olim Al-Xorazmiy bo`lgan. U o`zining “Yerning sur’ati” asarida juda ko`p geografik ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 1-boshlovchi: O`rta Osiyoda geografiya fani taraqqiyotini shartli ravishda 7 davrga bo`lib o`rganiladi. 2-boshlovchi: 1-davr: IX-X asrlarni o`z ichiga olib, “O`rta Osiyoda geografiya fanining tug`lish davri” deb ataladi. Bu davr Al-Xorazmiy-Balxiy geografiya maktabi deb hisoblangan. Ularning zamondoshlari: Farg`oniy, Jayxoniy, Narshoxiy, Abu-Abdulloh Xorazmiylarning qilgan ishlari o`z davrining asosiy yo`nalishi bo`lgan 1-boshlovchi: 2-davr: X-XIII asrgacha davom etib, Beruniy geografiya maktabi hisoblangan. Beruniy ta’sirida Ibn Sino, Nosir Xisrov, Qoshg`ariy, Gardeziy va boshqalarning fanga qo`shgan hissalari kattadir. 2-boshlovchi: 3-davr: Bu davr butun XV asrni o`z ichiga oladi va bu davr Samarqand-Hirot geografiya maktabi hisoblanadi. Bu davrda Mirzo Ulug`bek va uning zamondoshlari: G`iyosiddin Naqqosh, Ali qushchi, Zamaxshariy, Abdurazzoq Samarqandiy, kabi bir qator allomalar o`z asarlarida joining geografik o`rni, xarita-sxemasini, tabiati va aholisini, Yerning o`z o`qi va Quyosh atrofida harakati tufayli fasllarning va kecha-kunduzning almashinishi, dengiz va okean suvlarining qaalqishi, iqlimning kenglik bo`yicha o`zgarishini isbotlab berdilar. 1-boshlovchi: 4-davr: XVI asrning boshi va o`rtalariga to`g`ri kelib, Husayn Kubroviy geografiya maktabi deb atalgan. Bu davrda Zahiriddin Mirzo Bobur, Muhammad Haydar Mirzo va ularning zamondoshlari xususan tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganlar. 2-boshlovchi: 5-davr: Bu davr Balx geografiya maktabi hisoblanib, XVI-XVII asrlarda yashab, ijod etgan Sulton Balxiy, Said Muhammad Tohir, Maxtumquli, Abdulg`ozixon, Gulbadanbegim, G`ijduvoniy, O`tamish Hojilar fanni rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganlar. 1-boshlovchi: 6-davr: XVIII asr oxiri va XX asrning boshlarini o`z ichiga olib, bu davrda yuz bergan sayohatlar, yozilgan sayohatnomalarni 2 bosqichga bo`lib o`rganiladi. 1-bosqich: XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmini o`z ichiga oladi. 2-bosqich: XIX asrning 70-yillari va XX asrning boshlarida ba’zi sayohatlar va geografik asarlar davri hisoblanadi. Bu davrda Munis, Bayoniy, Ogahiy, Hakimxon To`ra, Ahmad Donish, Hoji Yusuf Hay’atiylar ijod qilib, geografiya fanining doimiy taraqqiy etib borishini ta’minlashdagi xizmatlarini hozirgi avlod o`rganib kelmoqda. 2-boshlovchi: 7-davr: Bu davr O`rta Osiyoda Sovet hokimiyati o`rnatilgandan keying davr bo`lib, ham mazmuni, ham maqsadi, ham shakli jihatdan yangicha bo`lgan geografik faoliyat davri bo`lib hisoblanadi. 1-boshlovchi: Mana, ssizlar O`rta Osiyolik allomalarning ishlarini davrlar bo`yicha bilib oldingiz. Biz ana shunday buyuk allomalar yurtida yashayotganligimiz bilan faxrlanishimiz, ularning boy tarixiy meroslarini chuqur o`rganishimiz kerak. 2-boshlovchi: Juda to`g`ri aytdingiz. Keling, tadbirimiz yanada qiziqarli bo`lishi uchun sahnaga yana 5 o`quvchini taklif qilib, ularga geografik topshiriqlar berib, g`olib o`quvchini aniqlab olsak, nima deysiz? (Sahnaga 5 o`quvchi taklif etiladi. Ularga “Poytaxtlar o`yini” beriladi. O`qituvchi bajaradi). 1-boshlovchi: 2-shartimiz bo`yicha ham g`olib o`quvchini aniqlab oldik. Tabriklaymiz! 2-boshlovchi: Tadbirimiz davom etadi. Demak, geografiya fani Yer yuzi tabiatini o`rganishini bilib oldik. Inson o`zi uchun kerakli barcha narsani tabiatdan oladi. Shuning uchun tabiatni asrashimiz kerak ekan-da?! 1-boshlovchi: Albatta! Bizlar tabiatning barcha boyliklarini: suv, havo, tuproqni toza saqlashimiz, o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishimiz, yerosti boyliklaridan oqilina foydalanishimiz kerak. 2-boshlovchi: Endi navbatni “Yosh geograflar” to`garage a’zolariga beramiz. Ular tabiat haqidagi she’rlar va maqollar hamda ibratli so`zlar bilan tadbirni davom ettiradilar. Marxamat! 1-o`quvchi: Ota-bobolarimiz o`tgan tuproq muqaddasdir! O`tmishimizni asrasak, kelajagimiz buyuk bo`ladi! 2-o`quvchi: Yerga ishlov bering! Ona yerni hurmat qiling! Yerga tayoq yrish gunohdir. Sen Yerni boqsang, Yer seni boqadi! 3-o`quvchi: O`z uyingni, ostonangni toza saqla! Chiqindini suvga to`kma! Havoning toza bo`lishiga o`z hissangni qo`sh! 4-o`quvchi: Yer boylikning onasi, mehnat uning otasi! 5-o`quvchi: Hosilning otasi – suv, onasi – yer! 6-o`quvchi: Suv — hayot manbayi! Uning har bir tomchisini tejaylik! 7-o`quvchi: Agar havoda chang va g`ubor bo`lmasa, inson ming yil umr ko`rar edi. (Abu Ali Ibn Sino). 8-o`quvchi: Zamonamiz go`zal, maftunkor, Sahovatga boydir tabiat. Shular bois azal-azaldan Yuksaklikda ilm-ma’rifat. Lek olamda katta muammo Bo`lib qoldi Ona-tabiat. Suv notoza, tuproq zararli, Jabrlangan jami mavjudot. Toza bo`lsin butun koinot, Omon bo`lsin Ona tabiat! 9-o`quvchi: Tabiat ham inson misoli, Ardoqlanish istaydi dildan. E’tiborsiz befarqliklarni So`zlay olmas, aytolmas tildan. Izlanishni qo`ymaymiz bir dam, Shiorimiz doim tadqiqot. Toza bo`lsin, musaffo bo`lsin, Yer-u osmon, butun koinot. Toza bo`lsin butun koinot, Omon bo`lsin Ona-tabiat. 10-o`quvchi:”Suvni qadrlaylik!”. Suvlar iflos bo`lmasin, chiqindiga to`lmasin. O`simlik va hayvonlar zaharlanib o`lmasin. Ular bo`lsa salomat, tozalikdan alomat. Ifloslanib ketsa gar, tabiatga malomat. 11-o`quvchi:Ko`chat eking bolalar, suv havzasi bo`yiga. Terak pishiq yog`ochdir, har insonning uyiga. Mening aziz do`stlarim, aytayin shuning uchun, Suv bo`lsin mudom toza, qilaylik muhofaza! 12-o`quvchi: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi). 13-o`quvchi: “Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda). 1-boshlovchi: Demak, tabiatni muhofaza qilib, uning boyliklaridan oqilona foydalansak, kelajak avlodga ham tabiatning buyuk ne’matlaridan foydalanish imkoniyati tug`iladi. 2-boshlovchi: Geografiya fani bizlarga ana shunday muhim bilimlarni o`rgatadi. Shuning uchun bu fanni chuqur o`rganishimiz kerak bo`ladi. 1-boshlovchi: Tadbirimiz davom etadi. Musiqiy tanaffus e’lon qilamiz. Tadbir ishtirokchilar ishtirokida qo`shiq tinglashga sizlarni taklif qilamiz. Marxamat!(Qo`shiq ijro etiladi). 2-boshlovchi: Aziz o`quvchilar! “Geografiya – tabiiy fanlar sultonidir” deb nomlangan tadbirimiz nihoyasiga yetmoqda. Shu fursatdan foydalanib siz azizlarni ushbu fan oyligida o`tkaziladigan tadbirlar, ochiq darslar va ko`rik tanlovlarda faol qatnashishga chaqirib qolamiz! 1-boshlovchi: Mana, aziz mehmonlar, ota-onalar, hurmatli ustozlar va qadrli o`quvchilar! Mazkur tadbirimizni yakunlar ekanmiz, barchangizga sog`lik-salomatlik, o`qish va ishlaringizda omad, oilangizga tinchlik-totuvlik tilaymiz va tadbir haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirish uchun so`zni maktabimiz direktori hurmatli Sattarova Muqaddas Qahhorovnaga beramiz va Sizlar bilan xayrlashamiz. E’tiboringiz uchun katta raxmat! 2-boshlovchi: Xayr, sog` bo`linglar.‘ Geografiya – tabiiy fanlar sultoni ‘ nomli tadbir senariysi
DO`STLARGA ULASHING:
‘ Geografiya – tabiiy fanlar sultoni ‘ nomli tadbir senariysi