Geografiya fanidan savol-javoblar to‘plami
O’ylaymizki, ushbu qo‘llanma ham muallifning boshqa qo’llanmalari singari keng kitobxonlar ommasi tomonidan iliq kutib olinadi va, albatta, ularning yozgi ta’tillarini maroqli o‘tishiga xizmat qiladi.
Geografiya savol javob kitobi
Barcha fanlardan testlar arxivi
Geografiya qiziqarli savol javoblar
Подробности Автор: Alisher Samadov Родительская категория: Разработка уроков Категория: Testlar (Тесты) Опубликовано: 21 Апрель 2020 Просмотров: 1465
4 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 4.00 (4 Votes)
Geografiya qiziqarli savol javoblar
Скачать Файл:
Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.
Dars Ishlanmalar
Insho (Эссе)
11-Класс
1-Класс
2-Класс
3-Класс
4-Класс
5-Класс
6-Класс
7-Класс
8-Класс
9-Класс
10-Класс
Testlar (Тесты)
Rejalar (Планы)
Metodika (Методика)
To’garak ishlanmalari (Кружок)
Tadbir ishlanmalar (сценарий)
Boshqalar (Другие)
Audio darsliklar (Разработка уроков)
Barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan himoya qilingan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman tijorat yo’lida foydalanish qat’iyan man etiladi!
Geografiya fanidan savol-javoblar to‘plami
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar butun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan “Sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyat sari!” shiori ostida hamohang bo‘lib bormoqda. Uchinchi ming yillik boshlanishida dunyo iqtisodiyotining globallashuvi, axborot tizimlarining barcha sohalarga chuqur kirib borishi, ma’naviy qadriyatlardagi o‘zgarishlar, fuqoralik jamiyatining rivojlanishi hozirgi tez o‘zgarayotgan tahlikali zamonga yoshlarimizning moslashishi uchun uzluksiz ravishda tayyorlashni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra, “Ta’lim hayot uchun!” degan shior o‘rnini “Ta’lim butun hayot davomida!” shiori egallab bormoqda. Yangi chaqiriqlarning paydo bo‘lishi ta’limda takomillashtirishishlarini olib borishni taqazo qildi. Jumladan, geografiya fani yo‘nalishida ham qo‘shimcha adabiyotlarning yangi avlodini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ildi. Barchamizga o‘zining “Geografiya: 2500 savolga 2500 javob”, “Tabiiy geografiyadan amaliy mashg’ulotlar”, “Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyormisiz?”nomli qo’llanmalari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Muxriddin Avezov tomonidan tayyorlangan navbatdagi “Geografiya fanidan savol-javoblar to‘plami (1-kitob)” nomli o‘quv qo‘llanma geografiya o‘qituvchilariga ular tashkil etayotgan dars jarayonini yanada qiziqarli o‘tishiga, o‘quvchilarga esa dars davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga yaqindan yordam beradi.
Mazkur qo‘llanma o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritayotgan geografiya fani o‘qituvchilari hamda geografiya fani yo‘nalishida fan bellashuvlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilarga, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga mo‘ljallangan bo‘lib, tarkiban So‘zboshi va uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi”5-sinf. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi bo‘yicha savol-javoblar” deb nomlangan bo‘lib, bunda 500 dan ortiq savol-javoblar berilgan. Ikkinchi qismi” 6-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasidan savol-javoblar” deb nomlanib, unda 1500 dan ortiq savollar va ularning javoblari keltirilgan. Uchinchi qismi “7-sinf. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursi bo‘yicha savol-javoblar” deb nomlangan bo‘lib, bunda kursga doir 1100 dan ortiq savollar va ularning javoblari berilgan. Umuman, qo‘llanma 3200 dan ortiq savol-javoblarni o‘zida jamlagan.
O’ylaymizki, ushbu qo‘llanma ham muallifning boshqa qo’llanmalari singari keng kitobxonlar ommasi tomonidan iliq kutib olinadi va, albatta, ularning yozgi ta’tillarini maroqli o‘tishiga xizmat qiladi.
Murojaat uchun telefon:
(+998 94) 547-78-18
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Qiziqarli malumotlar
Geografiya fanidan savol-javoblar to‘plami