Geo botanika kitob

Geo botanika kitob

Botanica Pacifica permits authors to retain the rights to their work.

Geo botanika kitob

Journal doi: http://dx.doi.org/10.17581/bp

Journal Menu
Botanica Pacifica home

Journal Secretariat
Botanica Pacifica
Botanical Garden-Institute
Makovskii Str. 142
Vladivostok 690024 RUSSIA
http://www.geobotanica.ru/bp
botanica.pacifica@botsad.ru
botanica.pacifica@icloud.com

Botanica Pacifica is an open access journal which means that all content is freely available without charge to the user or his/her institution. Users are allowed to read, download, copy, distribute, print, search, or link to the full texts of the articles, or use them for any other lawful purpose, without asking prior permission from the publisher or the author. This is in accordance with the BOAI definition of open access.

Botanica Pacifica permits authors to retain the rights to their work.

Botanica Pacifica is a member of CrossRef . Electronic versions of articles are available to readers as soon as they are published online.

Our visitors are from:

CiteScore 2021: 1.4

Botanika

Ma’lumki, ona tabiatni rang-barang o‘simliklar olamisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzida o‘simlik turlari juda keng tarqalgan. Bu o‘simliklarni jazirama cho‘llardan tortib, to baland tog‘lar cho‘qqisigacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. O‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklarning 4500, O‘rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda o‘simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.

O‘simliklarning turli sharoitda o‘sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. O‘simliklar o‘sishda joy tanlamaydi. Ular suvsiz, qumli va sho‘rxok cho‘llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan joylarda, inson qadami yeta olmaydigan g‘oyat baland tik qoya-toshlarda, g‘orlar ichkarisida va suv ostida ham o‘saveradi. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanall arda, shuningdek, botqoql iklarda o‘sadigan o‘simliklar ham kam emas. O‘simliklar uzoq yillar davomida turli sharoitda o‘sishga moslashgan.

Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan -biologiyaning bir bo‘limi – botanikani yanada mukammal o‘rganishingizda katta yordam beradi.

Botanika – yunoncha «botane» – ko‘kat, o‘t, o‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o‘simliklarning paydo bo‘lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog‘liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o‘rganadi hamda o‘rgatadi.

O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini mukammal o‘rganganimiz sari tabiatni asrab-avaylashimiz zarurligini to‘liqroq anglab boramiz. Madaniy o‘simliklarni to‘g‘ri parvarish qilishni bilishimiz esa ulardan yuqori hosil olish imkonini beradi.

Biz yashab turgan jonli tabiatni o‘simliklar olamisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklar barcha tirik mavjudot uchun hayot manbayi hisoblanadi. Ulardan hayvonlar, qushlar, hasharotlar hamda suvda yashovchi hayvonlar oziq sifatida foydalanadi. O‘simliklar havodagi kislorodni boyitadi. Kislorod bilan esa barcha tirik organizmlar nafas oladi. O‘simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi.

1-rasm. Dorivor o‘simliklar:
1- isiriq; 2 – chakanda; 3 – zubturum.

O‘simliklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa narsalar tayyorlanadi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda, ayniqsa, xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talab yanada orta boshladi (1-rasm). Tabiatda o‘zi va mevasi iste’mol qilinadigan o‘simliklar juda ko‘p. Rovoch, qulupnay, malina, ukrop, do‘lana, tut, olxo‘ri va hokazo o‘simliklarni bunga misol qilib keltirish mumkin (2-rasm). Aksariyat o‘simlik turlari – shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabilar chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi (3-rasm).

2-rasm. Iste’mol qilinadigan o‘simliklar: 1 – rovoch; 2 – qizil do‘lana. 3-rasm. Yovvoyi yem-xashak o‘simliklari: 1 – shuvoq; 2 – sebarga; 3 – burchoq.

O‘simliklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa narsalar tayyorlanadi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda, ayniqsa, xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talab yanada orta boshladi (1-rasm). Tabiatda o‘zi va mevasi iste’mol qilinadigan o‘simliklar juda ko‘p. Rovoch, qulupnay, malina, ukrop, do‘lana, tut, olxo‘ri va hokazo o‘simliklarni bunga misol qilib keltirish mumkin (2-rasm). Aksariyat o‘simlik turlari – shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabilar chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi (3-rasm).

O‘simliklar hayotimiz ko‘rki va tabiat go‘zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog‘lariga ekilgan rang-barang gullar, mevali hamda manzarali o‘simliklarni ko‘rib bahri dilingiz ochiladi. Shu sababli ham o‘simliklar olamiga qiziqish, uni o‘rganish juda qadimdan boshlangan.

O‘rta Osiyo hududida ham tabiiy o‘simliklar juda qadimdan o‘rganib kelinmoqda. O‘rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O‘zbekiston o‘simliklariga oid ma’lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tabobatga bag‘ishlangan “Kitob as-Saydana fit- tibb” nomli asarida diyorimizda o‘sadigan juda ko‘p dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) “Tib qonunlari” va “Kitob ush-shifo” nomli asar- larida O‘rta Osiyoda o‘sadigan ko‘pgina dorivor o‘simliklarni aniq tasvirlab, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to‘liq ko‘rsatgan. XI asrda yashagan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o‘simlik turlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

O‘zbekistonning tabiatdagi o‘simliklarini har tomonlama o‘rganish ishida O‘zRFA Botanika (hozirgi o‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) institutining xodimlari tomonidan nazariy va amaliy ahamiyatga ega ilmiy izlanish- lar olib borilgan va ularning natijalarini aks ettiruvchi ko‘p tomli asarlar nashr etilgan. Bu ishda olimlarimizdan: akad. Q.Z. Zokirov, A.M. Muzaffarov, Y.P. Korovin, I.I. Granitov, F.N. Rusanov, professorlardan M.M. Orifxonova, S.S. Saxo- biddinov, O‘.P. Pratov va boshqalar ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Hozirgi kunda respublikamizda o‘sadigan o‘simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda yo‘qolish xavfi ostida bo‘lgan o‘simlik turlari O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan (4-rasm). O‘zbekistonda «Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi» tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash, boyliklarini ko‘paytirish har bir kishining muqaddas burchidir. Hech shubha yo‘qki, maktab o‘quvchilari ham bu ishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadilar.

  1. Botanika fani nimalarni o‘rgatadi?
  2. O‘simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
  3. O‘simliklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni nimalardan iborat?
  4. O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan yana qaysi olimlarni bilasiz?

G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

G.S.TURSINBAYEVA, G.M.DUSCHANOVA,
J.S.SADINOV

BOTANIKA

O‘SIMLIKLAR MORFOLOGIYASI VA
ANATOMIYASI

Biologiya fanlari doktori, professor Antonina Anatolyevna
Butnikning umumiy tahriri ostida

Oliy o‘quv yurtlari biologiya yo‘nalishi
talabalari uchun darslik

5110400 – Biologiya o‘qitish metodikasi

«Tafakkur bo‘stoni» nashriyoti
Toshkent – 2018

UO‘K: 581.4/8(075.8)
KBK: 28.56ya73
B 88
G.S.Tursinbayeva, G.M.Duschanova, J.S. Sadinov.
Botanika (o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi).
«Tafakkur bo‘stoni» nashriyoti Toshkent, 2018 – 352 bet.

Mazkur darslik oliy о‘quv yurtlari tabiiy fakultetlarining biologiya
yо‘nalishi bо‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun mо‘ljallangan
bо‘lib mutaxassislik ta’lim dasturi asosida yozilgan.
Darslikda
zamonaviy
ilmiy
ma’lumotlarga
muvofiq
sitoplazmaning, yadro va plastidaning tuzilishi, hujayralarning
kо‘payishi, о‘simliklar vegetativ organlarining anatomik va
morfologik tuzilishi, kо‘payish organlari, gul va mevaning tuzilishi
hamda tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek,
о‘simliklarning ekologik guruhlari, hayotiy shakllari, yoshi jihatidan
hamda mavsumiy jihatdan о‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar
keltirilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining biologiya, geobotanika
yо‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar, ekologiya mutaxassislari,
shuningdek biologiya о‘qituvchilari uchun mо‘ljallangan.

Taqrizchilar:
biologiya fanlari doktori, professor
T.U. Raximova;
biologiya fanlari doktori
G.A. Shaxmurova

Do’stlaringiz bilan baham:

Qiziqarli malumotlar
Geo botanika kitob