GENERALISSIMUS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GENERALISSIMUS haqida malumot bilib oling.

GENERALISSIMUS (lot. generalissimus — eng oliy) — baʼzi mamlakatlar qurolli kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 1569-y. Fransiyada joriy etilgan. Rossiyada Generalissimus unvon sifatida Petr 1 tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov (1717), A. V. Suvorov (1799) va b. shu unvonga sazovor boʻlishgan. Sobiq Ittifoqsa Generalissimus unvoni 1940-y. taʼsis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. 20-a. da Ispaniyada F. Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim Ir Sen va b. ning Generalissimus unvoni boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
GENERALISSIMUS