GENERAL-GUBERNATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GENERAL-GUBERNATOR haqida malumot bilib oling.

GENERAL-GUBERNATOR — 1) 1703 — 1917-y. larda Rossiya mahalliy maʼmuriyatidagi oliy mansab. Uning qoʻlida fuqarolik va harbiy hokimiyat bulgan. 1775-y. Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat (oblast)lardan tashkil topgan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni G.-g. lar boshqargan. Mas, Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi G.-g. i etib K. P. fon Aoulai tayinlangan.

2) Britaniya Hamdoʻstligi mamlakatlari tarkibida boʻlib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar) da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs.

Ensiklopediya.uz
GENERAL-GUBERNATOR