GEMOTORAKS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEMOTORAKS haqida malumot bilib oling.

GEMOTORAKS (gemo… va yun. thorax — koʻkrak qafasi) — plevra boʻshligʻiga qon yigʻilishi; asosan, koʻkrak qafasi jarohatlanganda, lavsha, gemorrogik diatezda, oʻpka sili yoki oʻsma (rak, sarkoma) kuzatiladi. Plevra boʻshligʻida 200 ml dan koʻp qon yigʻilganda Gemotoraks uchun xos belgilar paydo boʻladi. Gemotoraks tashhisi rentgenologik tekshirish va plevra punksiyasi asosida qoʻyiladi. Yigʻilgan qon xajmiga koʻra, Gemotoraks kichik (qon plevra sinusida yigʻiladi), oʻrta (qon koʻkrak oʻrtasigacha chiqadi) va katta (subtotal, total) boʻladi. Uncha katta boʻlmagan Gemotoraks koʻkrak ogʻrigʻi, yoʻtal bilan kechadi, u zoʻraya borgan sari, nafas qisishi, hansirash, sianoz (koʻkarib ketish). yurak faoliyatining izdan chiqishi kuzatiladi. Dori-darmonlar bilan davolash naf bermasa, jarroxlik usuli qoʻllaniladi,

Ensiklopediya.uz
GEMOTORAKS