Gemoglobinni ko‘tarishga yordam beradigan oziq-ovqatlar to’liq malumot oling
Gemoglobinni ko‘tarishga yordam beradigan oziq-ovqatlar
📝 Avvalo, kundalik ratsioningizda meva va sabzavotlar ulushini oshirishni maslahat beramiz. Muntazam taomnomangizga e’tborli bo‘ling:
✓ olma,
✓ anor,
✓ barcha turdagi karam,
✓ arpabodiyon, maydanoz va boshqa o‘tlar,
✓ mag‘izlar,
✓ lavlagi,
✓ qovoq,
✓ tarvuz.
🔍 Bularning barchasi sog‘lom temir manbalari.
📝 Bundan tashqari, menyuda, albatta, baliq, go‘sht, pishloq, sut mahsulotlari, mol go‘shti jigari, loviya, grechka, quritilgan mevalar bo‘lishi kerak. Ushbu mahsulotlar sog‘lig‘ingizni yaxshilashga va gemoglobin darajasini kerakli darajada ushlab turishga yordam beradi.
✍🏼 Shu bilan birga, shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir vaqtning o‘zida S vitaminiga boy oziq-ovqatlar ko‘p bo‘lsa, ta’sir ancha yuqori bo‘ladi (bu organizmga temirni singdirishga yordam beradi). Shu munosabat bilan siz ko‘proq limon, apelsin, mandarin va boshqa sitrus mevalarini iste’mol qilishingiz kerak.
🌐 @tashxis1
Boshqa mavzular
Gemoglobinni ko‘tarishga yordam beradigan oziq-ovqatlar