GEMIZIGOTALIK haqida malumot bilib oling.
GEMIZIGOTALIK (gemi… va zigota) — organizmdagi bir yoki bir necha genlar oʻz allel juftlariga ega boʻlmagan holat. Geterogamet organizmlar jinsiy xromosomalaridagi genlar shunday holatga ega. Gemizigota holatida retsessiv genlar gaploid hamda diploid organizmlarda namoyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, Gemizigotalik xromosomalarning qayta joylanishi (translokatsiya, deletsiya, notoʻgʻri krossingover va b.) natijasida ham paydo boʻladi. Gemizigotalikdan oʻsimliklar seleksiyasida monosom xromosomali organizmlar (monosomiklar) olish orqali xromosomalarning tarkibini aniqlashda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
GEMIZIGOTALIK