GEMATURIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEMATURIYA haqida malumot bilib oling.

GEMATURIYA (gemato… va yun. shop — siydik) — siydiqda qon boʻlishi, qon aralash siydik kelishi. Buyrak va siydik yoʻli kasalliklarida (nefrit, buyrak sili va oʻsmasida, buyrak toshi kasalligida, siydik yoʻllari shikastlanganda), goho yurak-tomir va qon kasalliklarida, shuningdek baʼzi yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Gematuriyada siydik nim pushti, qizgʻish va toʻq qizil boʻlib, katta-kichik va shakli har xil qon iviqlari aralashib chiqadi. Gematuriyaga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi.

Ensiklopediya.uz
GEMATURIYA