GEMATOLOGIYA VA QON QUYISH INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEMATOLOGIYA VA QON QUYISH INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

GEMATOLOGIYA VA QON QUYISH INSTITUTI, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti — i. t. muassasasi. Oʻrta Osiyo davlat un-ti tibbiyot f-ti jarrohlik klinikasidagi Qon quyish xonasi (1930) 1934-y. da Markaziy qon quyish st-yasiga aylantirildi. 1940 i. shu st-ya asosida Qon quyish in-ti tashkil etildi. 1959-y. dan hoz. nom bilan ataladi. In-tda kamqonliklar, leykozlar, gemoblastozlar, gemorragik diatezlar (gemofiliya, trombotsitopeniya)ning oldini olish va davolash, qon quyilgandan keyingi gepatit va shok holatlarini oʻrganish; ayollar va bolalar kamqonligini gemoglobinli tahlillash, koʻmik, qon va uning komponentlarini konservalash hamda transplantatsiya qilish, shuningdek donorlikning ayrim masalalari va h. k. ga oid tadqiqotlar olib boriladi. In-tda 295 oʻrinli 8 klinik boʻlim (kattalar va bolalar gematologiyasi, jarrohlik, kunduzgi boʻlim va b.), konsultativ poliklinika, 25 davolashdiagnostika lab. va boʻlimlar, qon quyish st-yasi, vivariy, kutubxona bor. In-t lab. da bir necha turdagi qon komponentlari va preparatlari tayyorlanadi. In-tda 5 fan dri va 15 dan ziyod fan nomzodlari, 30 ga yaqin malakali gematolog va transfuziologlar xizmat qiladi (2001). In-t OʻzRda gematologiya va qrn quyish muammolari boʻyicha ilmiy va uslubiy markaz hisoblanadi. In-t viloyat, shahar, tuman qon quyish st-yalari va Qizil Yarim Oy jamiyati bilan birga donorlikni rivojlantirish masalalari bilan shugʻullanadi. Ilmiy ishlar nashr etadi.

Ensiklopediya.uz
GEMATOLOGIYA VA QON QUYISH INSTITUTI