GELIOKONSENTRATOR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GELIOKONSENTRATOR haqida malumot bilib oling.

GELIOKONSENTRATOR (gelio…, lot. con. — birga, centrum — markaz, oʻchoq) — quyosh radiatsiyasi zichligini oshirish maqsadida quyosh nurlarini bir joyga toʻplash (fokuslash) uchun moʻljallangan qurilma; bir yoki bir necha koʻzgu yoki linzadan iborat. Geliokonsentratorning asosiy qismlari bikr (qattiq) biriktirilgan korpus va koʻzgu yoki linzalar toʻplami. Geliokonsentratorning qaytaruvchi sirti paraboloid, konussimon, toroidal, tarkibiy (har xil yassi koʻzgulardan iborat), koʻzgulinzali va b. koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Quyosh nurlarini toʻplab, undan foydalanishga urinish qadimdan maʼlum. Mas, Arximed, fransuz olimlari T. P. Byuffon va A. L. Lavuazyening yondirish qurilmalari, keyinchalik har xil shakldagi Geliokonsentratorlar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda diametri 10 m li paraboloid koʻrinishidagi Geliokonsentrator 1946-y. da yaratilgan. Shundan keyin Fransiya, AQSH va Yaponiyada ham xuddi shunday paraboloid Geliokonsentratorlar yasaldi. Ular bir-biridan diametri bilan farq qilardi, xolos. Keyinchalik koʻzgularning umumiy yuzasi 20 ming m2 ga yetadigan yirik Geliokonsentrator ham paydo boʻldi. Geliokonsentrator quyosh issiqlik-kuch qurilmalari, quyosh energetika kurilmalari va b. da qoʻllaniladi. Paraboloid Geliokonsentrator yordamida hosil qilinadigan eng yuqori energiya zichligi 35-Yu3 kVt/m2 (Quyosh sirtida nur energiyasi zichligi 74-Yu3 kVt/m2) (yana q. Geliotexnika, Gelioqurilma).

Ensiklopediya.uz
GELIOKONSENTRATOR