GAZLAFON QATOR TEPALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAZLAFON QATOR TEPALARI haqida malumot bilib oling.

GAZLAFON QATOR TEPALARISurxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi tizma. Sherobod-Sariqamish past togʻ tizmalari tarkibiga kiradi. Sherobod sh. dan 4 km shim. da joylashgan. Oʻrtacha bal. 500—600 m, eng baland nuqtasi 669 m. G.-L. q. t. tik qoyalar, yon bagri tik jarliklar, oʻnqir-choʻnqirliklar, shuningdek qator tepaliklardan iborat. Iklimi quruq, yogʻin miqdori kam (150— 200 mm). Tarkibida tuz boʻlgan jinslar tarqalgan. Galofit (shoʻra) oʻsimligi koʻp oʻsadi. Asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
GAZLAFON QATOR TEPALARI